Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 24 yanvar kuni Aşxobodda qurilişi möljallangan yangi obektlar loyihalari bilan tanişdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Yangi obektlar orasida – haşamatli mehmonxona, Xalqaro kongress-markaz, Xalqaro qabullar markazi, «Senagat» ATB, «Turkmanboşi» banki ofislari, şuningdek, şoir va donişmand Maxtumquliga yodgorlik va yangi Hukumat tribunasi bor», - deyiladi xabarda.

«Mehmonxona majmuasi noyob arxitektura qiyofasiga ega bölib, Arçabil hamda Çandibil şohköçalari örtasidagi 22,9 gektarlik maydonda joylaşadi. Uning tuzilmasidan mehmonxona, biznes-markaz va apart-otel joy oladi. Binolar dizaynida milliy ornament va boşqa eksklyuziv bezak detallaridan foydalaniladi», - deya ta'kidlanadi matnda.

Turkmaniston prezidenti loyihalarni albatta patentlaş lozimligi haqida aytib ötgan, bu ularning mualliflik huquqlarini himoya qiliş maqsadida kerak böladi.