“Avto.ru” saytida 1914 yilda işlab çiqarilgan Rolls-Royce Silver Ghost (40/50 hp) maşinasi sotilişi haqidagi e'lon paydo böldi. Maşina egasining aytişiça, hozirda Germaniyada saqlanayotgan avtomobil öz vaqtida sönggi rus imperatori Nikolay II’ga tegişli bölgan. Qadimiy maşina 278 mln rublga (4,5 mln dollar atrofida) baholangan. 

Rolls-Royce 40/50 hp 1913 yil Sankt-Peterburgdagi xalqaro avtomobil körgazmasida taqdim qilingan. Rossiya imperatori buyurtmasiga köra avtomobilni yaratiş bilan Kellner et ses fils kuzov atelesi şuğullangan. 

Maşinaning jihozlari orasiga elektr çiroqlar, yumşoq örindiqlar, gullar uçun vaza, kuldonlar va telefon kirgan. Maşinaga 50 ot kuçiga ega 7,4 litrli dvigatel örnatilgan. Maşina massasi 1971 kg.ni taşkil qilgan. Avtomobil 100 km yölga 17,5 litr yonilği va bir litr moy sarflagan. Maşinaning maksimal tezligi 117 km/soatni taşkil qilgan. 

Nikolay II ölimidan keyin avtomobil egasi maşinani Las-Vegasdagi kazinoga tomoşaga qöygan. Şundan keyin maşina qayta sotilib, Germaniyadagi bunkerga yaşirib qöyilgan. Maşina u yerda tasodifan topilgan.

Şu avtomobil 2013 yilda ham sotuvga qöyilgan. Öşanda unga 5,5 mln yevro (383 mln rubl) söralgan.

Rus imperatorining garajida Silver Ghost’dan taşqari, Renault 40HP, Peugeot Bebe, Delaunay-Belleville va Benz 16/40PS modellaridagi maşinalar bölgan.