Jasadi kislotada kuydirilgan Nikolay II: Bolşeviklar Rossiyaning sönggi imperatori va uning oila a’zolarini qanday öldirişgandi?
|21:55 / 19.07.202342 78919 min
Bundan 105 yil avval, 1918 yil 17 iyul kuni Rossiya tarixidagi eng mudhiş işlardan biri sodir böladi. Lenin boşçiligidagi bolşeviklar taxtdan ağdarilgan imperator Nikolay II, uning rafiqasi va farzandlarini qatl etişadi. Söng jasadlarga kislota quyilib, ular kuydiriladi va yaşirinça kömib yuboriladi. Ommaviy qabrni heç kim topa olmasligi uçun uning usti tekislab taşlanadi.
Foto: alamy.comFoto: alamy.com
Tarixda bor-yöği 74 yil hukm surgan sovetlar Yevrosiyoning katta qismida şunçalik köp xunrezliklarni, ommaviy qatağonlarni amalga oşirişdiki, ularni sanab adoğiga yetiş qiyin.
Jumladan, 1917-1922 yillar oraliğida ötkazilgan «qizil terror», 1928-1932 yillar oraliğida kollektivlaştiriş tufayli qilingan zöravonliklar, 1937 yildan 1953 yil Stalin vafotigaça ötkazilgan qatağonlar davomida millionlab insonlar qamalgan, öldirilgan va surgun qilingan.
Umumiy hisobda Stalin boşqaruvi paytida (1922-1953 yillar oraliği) SSSRda 20 million odam qatağon qilingani aytiladi. Sovetlar öşa qatağonlarni köz körib, quloq eşitmagan usullar bilan amalga oşirişgan.
Ana şunday dahşatli xunrezliklardan biri Rossiya imperatori Nikolay II va uning oilasi bilan yuz bergan. Bolşeviklar imperator, uning xotini va bolalarini otib öldirib, ularning jasadlarini kislota bilan kuydirişgan.
Söng imperator tarafdorlari qabrni topa olmasin deb marhumlarning kuydirilgan jasadlarini çöqurga kömib, ustini tekislab yuborişgan.
Barça ma’lumotlar sir saqlangan, qolversa imperatorni qatl qilgan odamlarning özi ham Stalin davrida qatağonga uçrab ölib ketgan. Şu sababli Nikolay II va uning oila a’zolari kömib yuborilgan joy oradan 73 yil ötib, 1991 yilda topiladi.
Davlat töntarişi va Nikolay II ning taxtdan voz keçişi
Rossiyaning sönggi imperatori Nikolay II 1894 yilda otasi Aleksandr III vafotidan söng Rossiya taxtiga ötiradi. Öşa paytda u 26 yoşda bölgan. Oradan ikki yil ötgaç 1896 yilda toj kiydiriş marosimi ötkaziladi.
Nikolay II va uning rafiqasi yoşliklarida.
Foto: alamy.com
Nikolay II davrida garçi sal avvalroq bobosi Aleksandr II davrida Alyaska amerikaliklarga sotib yuborilgan bölsa-da Rossiya hududi juda bepoyon edi. Öşa davrda Finlandiya va Polşa ham uning tarkibida edi.
Birinçi jahon uruşigaça ham Rossiyada turli muammolar yetarliça bölgan va ularga qarşi turli namoyişlar, qözğolonlar ötkazilgan. Biroq uruş davrida muammolar yanada kuçayadi.
Oqibatda, Lenin boşçiligidagi kommunistlar xalq orasida tarğibotni kuçaytirişadi va yanada köproq odamlarni öz tomoniga oğdirişga muvaffaq bölişadi.
Mavzuga oid
1917 yil 25 fevralda Nikolay II davlat Dumasini tarqatib yuboriş haqida manifest e’lon qiladi. Şundan söng Rossiyada davlat töntarişi sodir böladi va oradan bir hafta ötib, 2 mart kuni Nikolay II taxtdan voz keçişga majbur böladi.
Bolşeviklar imperator va uning oila a’zolarini Tsarskoye Selodagi Aleksandrovsk saroyida uy qamoğiga tiqişadi. Ular bu yerda 1917 yil 9 martdan 14 avgustgaça yaşaşadi.
Nikolay II, rafiqasi va bolalari bilan
Foto: alamy.com
Keyinçalik Nikolay II ağdarilgaç taşkil etilgan muvaqqat hukumat a’zolaridan biri bölgan Aleksandr Karenskiyning eslaşiça öşanda bolşeviklar uy qamoğida saqlanayotgan sobiq imperatorni qatl etişga juda oşiqişgan.
«Öşa paytda yuzlab Rossiyaning turli hududlaridan kelgan delegatsiyalarning darğazab a’zolari, deputatlar muvaffat hukumatdan Nikolay ikkinçiga ölim jazosini beriş va uning oilasini Petropavlovsk yoki Kronştatddagi qal’aga jönatib yuborişni talab qilişardi», deb yozgan edi keyinçalik Karenskiy.
Nikolay II ni tezroq öldiriş payida bölganlar Moskva kengaşi tribunasiga uni qatl etiş haqida talabnoma kiritişgan. Biroq talabnoma rad etilgan. Tribunaning bu qaroridan sobiq imperatorni qatl etiş tarafdori bölgan şaxslar juda ğazablanişgan, jazavaga tuşişgan.
Uralga surgun
Bir neça oylik uy qamoğidan söng 1917 yil 14 avgust kuni Muvaqqat hukumat qarori bilan Nikolay II va uning oilasi Tyumen viloyatidagi Tobolsk şahriga surgun qilinadi. Ularni bir guruh askarlar qöriqlab boradi.
1918 yil boşida Rossiyada hokimiyat uzil-kesil bolşeviklar qöliga ötadi. Şundan söng Nikolay II ni oçiq sud qiliş masalasi kötarila boşlanadi.
Öşa paytda Lenin bolşeviklar öz zöravonliklari bilan aholining keskin qarşiligiga uçrayotganini, Nikolay II istalgan paytda qözğolon boşlaşi yoki uning nomidan qözğolon boşlansa aholining katta qismi sobiq imperator tomoniga ötib ketişi mumkinligini tuşunib turardi.
Tarixçi V.Xrustalevning sözlariga köra, 1918 yil bahoriga kelib bolşeviklar Romanovlar sulolasining barça a’zolarini Uralda yiğiş rejasini işlab çiqişadi.
Öşa paytda Yevropadagi ayrim monarxlar, ular orasida Nikolay II ning qarindoşlari ham bor edi, sobiq imperatorni öz mamlakatiga çaqirar va bolşeviklar qatl etişi mumkinligidan ogohlantirar edi.
Jumladan, Nikolay II ning otasi Aleksandr III Britaniyani 1901-1910 yillar oraliğida boşqargan qirol Eduarda VII bilan boja bölgan. Ya’ni Nikolay II ning onasi Mariya Fyodorovna va qirol Eduard VII ning rafiqasi Mariya Tekskaya bilan opa-singil bölişgan. Şu sababli Nikolay II öz xolavaççasi Georg V (qirol Eduarda VII ning öğli) bilan juda öxşaş bölgan. (Georg V 2022 yilda vafot etgan Britaniya qiroliçasi Yelizavetta II'ning otasi böladi)
Nikolay II xolavaççasi Georg V bilan. Georg V 2022 yilda vafot etgan Britaniya qiroliçasi Yelizavetta II'ning bobosi böladi.
Foto: alamy.com
Nikolay II taxtdan ağdarilgaç britaniyalik qarindoşlar uni öz mamlakatlariga taklif etişadi. Biroq sobiq imperator rad etadi. Qolaversa, bolşeviklar bunga yöl qöymasdi.
Boşqa manbaalarda esa teskarisi aytiladi. Ya’ni Nikolay II britaniyalik qarindoşlardan kömak söraganda ular rad etişgani.
Sobiq imperator va uning oila a’zolari Rossiyani osonlikça tark eta olmasin deb (xorijga qoçsa bolşeviklarga xavf tuğdirişi mumkin edi) mamlakat içkarisiga surgun etişga qaror qilişadi.
Aslida bolşeviklar Romanovlarni qatl etmasdan ham vaziyatni nazorat qilişlari mumkin edi. Biroq Lenin bir paytlar akasining qatl etilgani uçun Romanovlar oilasidan qasd olişni köproq xohlagan bölişi ham mumkin. (Leninning akasi 1887 yilda imperator Aleksandr III ga suiqasd qilişda ayblanib qatl etilgan edi).
1918 yil 1 aprel kuni sovetlarning Butun Rossiya markaziy ijroiya qömitasi sobiq imperator va uning oilasini Moskvaga köçiriş haqida qaror qabul qiladi.
Biroq Ural viloyati kengaşi rasmiylari bu qarorga e’tiroz bildirişadi. Ular Nikolay II va uning oilasini Yekaterinburgga köçirişni taklif etişadi.
1918 yil 6 aprel kuni sovetlarning Butun Rossiya markaziy ijroiya qömitasi özining navbatdagi qarorini qabul qiladi. Unda Nikolay II va uning oilasini Yekaterinburgga köçirişga rozilik berilgandi. Qarorda podşo va uning oilasini Yekaterinburgda oçiq sud qiliş haqidagi band ham bor edi.
1918 yil 26 aprel kuni Romanovlar pulemyotçi askarlar soqçiligida Tobolkdan çiqib ketişadi. Ular 27 aprel kuni Tyumenga, 30 aprel kuni Yekaterinburgga yetib borişadi. Bolalar Tobolskda qolişadi.
Öşa paytda imperator va uning oilasiga bir qança şaxslar hamrohlik qiladi. Ular oilaning şaxsiy vraçi, yana biri qizlarga va boşqasi imperatorning öğliga qarardi. Ikki nafar zobit esa ularga qöriqçilik qiladi. Boşqalar ham turli vazifalarni bajarişadi.
1918 yil 23 may kuni Nikolay II ning farzandlari ham Yekaterinburgga yetib kelişadi. Köp ötmay sobiq imperator va uning oilasiga xizmat qilayotgan şaxslardan bir guruhi qölga olinadi va otib taşlanadi.
Yekaterinburgda Nikolay II va uning oilasi Ignatev uyi deb nomlangan uyda yaşay boşlaydi. Bu yerda ular bilan vraç, oşpaz va yana bir neçta xizmatkor birga yaşaydi.
Sobiq imperator va uning oilasi bu yerda 78 kun istiqomat qilişadi. Şu davr mobaynida bolşeviklar doimiy ravişda ularga fitna uyuştirib turişadi.
Nikolay II oilasi davrasida
Foto: alamy.com
Şu jumladan, bir neça marta özini Rus armiyasi zobiti deb taniştirgan anonim şaxs tomonidan fransuz tilida yozilgan maktublar va unga sobiq imperatorning javob maktublari topiladi. Keyinçalik öşa maktublar fitna çiqariş uçun bolşeviklar tomonidan yozilib, sobiq imperator yaşab turgan uyga taşlab ketilgani oydinlaşadi.
Nikolay II va oila a’zolarining qatl etilişi
1918 yil 12 iyulda imperator va uning oila a’zolarini qatl etiş haqida qaror qabul qilinadi. Qarorni Ural viloyati kengaşi favqulodda qömitasi çiqargan edi.
1918 yil 16 iyuldan 17 iyulga ötar keçasi Romanovlar yaşagan uy oldiga harbiylar ötirgan yuk maşinasi kelib töxtaydi. Ular Ural viloyati işçi-dehqon armiyasi zobitlari bölişgan.
Harbiylar uyga kirib qorovullarga qatlni ijro etiş haqidagi qarorni körsatib, sobiq imperatorning vraçiga hozir bölişni buyurişadi. Imperator va uning oila a’zolarini uyğotib, Yekaterinburgga oqlar hujum qilayotganini, töqnaşuvlar paytida uy öqqa tutilişi mumkinligini aytib barçani yertölaga olib tuşişadi.
Söng bolşeviklar komandiri barçani otib taşlaşga buyruq beradi. Şu paytda Nikolay II «Qanaqasiga? Nima uçun?» deya oladi xolos. Ularni tezda otib taşalaşadi.
Otib taşlanganlar quyidagilar edi:
● Nikolay II (Rossiyaning sobiq imperatori – 50 yoşda);
● Aleksandra Fyodorovna (Nikolay II ning xotini – 46 yoşda);
● Olga (Nikolay II ning qizi – 22 yoşda, 1895 yilda tuğilgan);
● Tatyana (Nikolay II ning qizi – 21 yoşda, 1897 yilda tuğilgan);
● Mariya (Nikolay II’ning qizi – 19 yoşda, 1899 yilda tuğilgan);
● Anastasiya (Nikolay II’ning qizi – 17 yoşda, 1901 yilda tuğilgan);
● Aleksey (Nikolay II ning öğli – 13 yoşda, 1904 yilda tuğilgan);
● Yevgeniy Botkin (oila şifokori – 53 yoşda);
● Ivan Xaritonov (oşpaz – 48 yoşda);
● Aleksey Trupp (oila xizmatkori – 61 yoşda);
● Anna Demidova (imperatorning qizlariga qarovçi ayol – 40 yoşda)
Qatldan söng podşo va uning oilasiga tegişli barça şaxsiy buyum va boyliklar talon-toroj qilinadi. (Öşa paytda ularda ançagina tilla taqinçoqlar va qimmatbaho narsalar bölgan)
Harbiylar jasadlarni şahar çekkasiga olib çiqişadi va avval kislota yordamida kuydirişadi. Söng yaşirinça kömib yuboriladi. Yekaterinburg aholisi podşoning öldirilganidan xabar topadi, biroq uning kömilgan joyidan bexabar qoladi.
Köp ötmay Ural viloyat kengaşi tomonidan Moskvaga telegramma jönatiladi. Unda Rossiyaning sönggi imperatori Nikolay II otib taşlangani va uning oila a’zolari xavfsiz joyga köçirilayotgan paytda halok bölgani haqida xabar qilingandi.
Nikolay II Yekaterinburgda
Foto: alamy.com
Öşa kuni Moskvada sovetlarning Butun Rossiya ijroiya qömitasi yiğilişida imperator qatl etilgani, oilasi esa xavfsiz joyda ekani ma’lum qilinadi. Oradan bir kun ötib «Izvestiya» gazetasida bu haqda kiçik xabar beriladi:
«18 iyul kuni 5-çaqiriq Butun Rossiya ijroiya qömitasining birinçi majlisi bölib ötdi. Majlisga örtoq Sverdlov raislik qildi. Örtoq Sverdov sobiq podşo Nikolay Romanovning qatl etilganligi töğrisida Ural viloyat kengaşidan olingan xabarni e’lon qildi.
Sönggi kunlarda Qizil Uralning poytaxti Yekaterinburg oqlarning bostirib kelişi xavfi tufayli jiddiy tahdid ostida edi. Şu bilan birga, aksilinqilobçilar tomonidan toj kiygan jallodni sovet hokimiyati qölidan tortib oliş maqsadida uyuştirilgan fitna foş qilindi. Şularni hisobga olib, Ural viloyat kengaşi prezidiumi Nikolay Romanovni otib taşlaş töğrisida qaror qabul qildi va bu iş 16 iyulda amalga oşirildi.
Nikolay Romanovning xotini va öğli xavfsiz joyga jönatildi. Maxfiylaştirilgan hukm haqidagi hujjatlar maxsus kurer bilan Moskvaga yuborilgan.
Bu xabarni aytib, örtoq Sverdlov Nikolay Romanovni qoçirişga tayyorgarlik körayotgan oq gvardiyaçilar foş etilgandan söng podşoning Tobolskdan Yekaterinburgga köçirilişi haqidagi voqeani eslaydi. Sönggi paytlarda sobiq podşoni xalqqa qarşi qilgan barça jinoyatlari uçun javobgarlikka tortiş taklifi ilgari surildi va sönggi voqealar buni amalga oşirişga tösqinlik qilib kelayotgandi.
Butun Rossiya ijroiya qömitasi prezidiumi Ural viloyat kengaşini Nikolay Romanovni qatl etiş töğrisida qaror qabul qilişga majbur qilgan barça holatlarni muhokama qilib, qöyidagi qarorni qabul qildi:
Rossiya ijroiya qömitasi prezidiumi öz vakili bölgan Ural viloyat kengaşi qarorini töğri deb topadi».
Keyinçalik imperator va uning oila a’zolarini öldiriş hukmi Ural viloyati kengaşi favqulodda qömitasidan emas, Moskvadan, Lenindan bölgani va viloyat kengaşi «dohiy»ning buyruğini bajargani haqida gap-sözlar ham çiqadi.
Boşqa Romanovlarning taqdiri
Nikolay II ning Romanov familiyasida bölgan juda köp qarindoşlari bor edi. 1917 yil fevraldagi davlat töntarişidan söng podşo taxtdan ağdarilgaç ularning aksariyatining taqdiri ayançli tugaydi.
Faqat Qrimga qoçgan qarindoşlarning ayrimlari tirik qoladi. 1918 yilda ular Qrimda uy qamoğida yaşab turgan paytida yarimorolni nemislar egallaydi. Şunda paytdan foydalangan Qrimdagi Romanovlarning aksariyati Rossiyadan çiqib ketadi.
Rossiya imperatori Aleksandr II ning ukasi, Aleksandr III ning amakivaççasi knyaz Nikolay Romanov 1918 yilda öpka şamollaşi ortidan Toşkentda vafot etadi.
Knyaz Gavril Romanovning hayotini yozuvçi Maksim Gorkiy asrab qoladi. Knyaz hibsga olinganidan söng Gorkiy uni xorijga çiqarib yuboriş haqida Leninga iltimos qiladi. Şundan söng knyaz xorijga çiqarib yuboriladi.
Nikolay II ning ukasi Mixail Romanov 1918 yil mart oyida Permda öldiriladi. Davlat töntarişidan söng uni şu şaharga surgun qilişgandi.
1918 yil iyul oyida (Nikolay II va uning oilasi ham şu oyda öldirilgandi) Yekaterinburgdan 140 km uzoqlikda joylaşgan Alapaysk şahrida Igor Romanov, Konstantin Romanov, Sergey Romanov, Vladimir Paley, Yelizavetta Fyodorovna (Sergey Romanovning xotini) va Ioann Romanovlar öldiriladi.
1919 yilda Petrogradda hibsda saqlanayotgan Pavel Romanov, Dmitriy Romanov, Nikolay Romanov, Georgiy Romanov otib taşlanadi. Ularning aybi Nikolay II ga qarindoş bölgani edi.
Umuman olganda 1917 yildagi davlat töntarişidan söng Nikolay II ga qarindoş bölgan qariyb barça odam öldiriladi. Sanoqli Romanovlar xorijga qoçişga muvaffaq bölişadi. Bugun dunyoning turli davlatlarida yaşab kelayotgan va özlarini Nikolay II ga qarindoş deb biladigan Romanovlar ana öşalarning avlodlari hisoblanadi.
Tirik qolgan Romanovlarning hozirgi avodlari.
Foto: pikabu.ru
Jasadlarning yaşirinça kömilişi
Bolşeviklar imperator va uning oila a’zolarini otib taşlar ekan, bu işni pinhona bajarişadi. Qatl jarayoni yarim keçada amalga oşirilgani uçun Yekaterinburg aholisi bundan bexabar qoladi.
Bolşeviklar jasadlarni şahar çekkasiga olib çiqib avval kislota bilan kuydirişadi, söng ularni ommaviy qabrga yaşirinça kömib ustini tekislab taşlaşadi.
Şahar aholisi imperator va uning oilasi qatl etilganidan xabar topganda ularni pinhona tarzda kömib bölişgandi.
Köp ötmay Yekaterinburg bolşeviklarga qarşi kuraşayotgan «oqlar» tomonidan egallanadi. Ular Nikolay II va uning oila a’zolari şu şaharda qatl etilganini bilişardi.
«Oqlar» imperator va uning oila a’zolari kömilgan joyni topa olişmaydi. Şaharni töliq tintib çiqişadi, biroq «imperator hazrati oliylari» va uning yaqinlarining qabri topilmaydi.
Öşa paytda özini Rossiyaning yagona hukmdori deb e’lon qilgan admiral Kolçak Uraldagi podşo tarafdorlari bölgan harbiylarga Nikolay II va uning oila a’zolarining qabrlarni topişni buyuradi.
Bir qança izquvarlar suriştiruvlarni boşlab yuborişadi. Biroq köp ötmay «qizillar» şaharni «oqlar»dan tortib olişadi. Suriştiruv işlari tugallanmay qolib ketadi.
Fuqarolar uruşi tugagandan söng köp ötmay SSSRda Stalin hukmronligi boşlanadi. Bu davrda Nikolay II hayotini örganiş u yoqda tursin jamoat joylarida uning nomini tilga oliş ham xavfli bölib qoladi.
Nikolay II haqida gapirib yurganlarni «Oqlarga sotilgan duşman» sifatida ayblab uzoq muddatga qamaşlari yoki hatto ölim jazosi berişlari ham mumkin edi.
Şu tariqa imperator va uning oila a’zolari kömib yuborilgan joy SSSR tarqab ketgunça uzoq yillar mobaynida noma’lumligiça qoladi.
1979 yilda rossiyalik geolog A. Avdonin guruhi bilan geologik qidiruv işlari olib borayotganda Yekaterinburg şahri taşqarisida ommaviy qabrga duç keladi. Tekşirib körilganda u yerda töqqiz kişi kömilgani aniqlanadi.
Geologlar bu haqda tegişli taşkilotlarga xabar berişadi. Biroq masalaga KGB aralaşadi va ommaviy qabr qayta kömib yuboriladi.
1980-yillar oxirida SSSRda Gorbaçyov boşlagan islohotlar tufayli Nikolay II haqida tadqiqotlar boşlanadi. Imperator va uning oila a’zolari kömib yuborilgan joyni qidiriş işlari boşlab yuboriladi.
1991 yilda aynan Avdonin bergan ma’lumotlar asosida imperator va uning oila a’zolari kömib yuborilgan joy topiladi. Tekşiruvlar jarayonida barça jasadlar kömişdan avval kislota bilan kuydirilgani aniqlanadi.
Şundan söng jasad qoldiqlarini genetik ekspertizadan ötkaziş uçun xorijiy mutaxassislar çaqiriladi. Bir neça yillik tekşiruvlardan söng 1998 yilda Yekaterinburg yaqinidan topilgan jasad qoldiqlari Nikolay II va uning oila a’zolariga tegişli ekani tasdiqlanadi. Biroq ular orasida Nikolay II ning öğli Aleksey va qizi Mariyaga tegişli jasadlar yöqligi aniqlanadi.
Yekaterinburg yaqinidagi Romanovlar kömib yuborilgan joy.
Foto: kommersant.ru
Öşa yili 17 iyul kuni imperator va uning oila a’zolariga tegişli jasad qoldiqlari Sankt-Peterburgdagi Petropavlovsk xilxonasiga dabdaba bilan dafn etiladi. Uning xotirasi uçun Yekaterinburgdagi imperator yaşagan uy örnida çerkov quriladi.
Ommaviy qabrdan çiqmagan Aleksey va Mariyaning jasadi qoldiqlari oradan 16 yil ötgaç, 2007 yilda topiladi. Ular imperator jasadi topilgan joydan sal nariroqqa kömib yuborilgan ekan. Şu tariqa bolşeviklar Rossiyaning sönggi imperatori va uning oila a’zolari boşiga solgan işlar töliğiça oçiqlanadi.