Nemis olimlari dorilarni inson organizmining zarur joylariga yetkazuvçi mini-robotlar yaratişdi. Bu antiqa ixtiro haqida Spiegel online naşri xabar bermoqda.

Ştutgartdagi Maks Plank jamiyatining intellektual tizimlar instituti olimlarining ma'lum qilişiça, robot sudrala oladi, suzadi va hattoki sakray oladi. Hozirgi kunda bu robotlar bunday turdagi eng kiçik ölçamlilari hisoblanadi. Bu mini-robotlarning ölçami bor-yöği 4 mm ni taşkil qiladi, ular qoğoz varaği kabi yassi va yumşoq, elastik polimerdan tayyorlangan, bu esa robotni boşqa kiçik robotlarga nisbatan harakatçanroq qiladi. Bundan taşqari, qurilma uşlay oladi, obektlarni kerak joylarga yetkazadi va qöyib yuboradi. Kelgusida bu texnologiya şifokorlarga dorilarni tananing şikastlangan qismlariga trubkalarsiz yetkazişga imkon beradi. 

“Bu robotni minimal darajadagi invaziv aralaşuvlarsiz qöllamoqçimiz. Bemor robotni yoki yutib yuborişi, yo u organizmga teridagi kiçik teşik orqali kiritilişi va u tana içida harakatlana olişi mumkin”, deb aytgan Metin Sitti.

Olimlar mini-robotlarni yaratişda meduzalar, qurtlar va qönğizlar liçinkalaridan  andoza olişgan. Qurilmaning polimer qatlamiga magnit zarralar örnatilgan. Şu tariqa olimlar taşqi magnit maydoni yordamida obekt şaklini özgartira oladilar va uni boşqara oladilar.