9-27 yanvar kunlari mobaynida Xitoy mezbonligida ötgan Osiyo çempionati finalida Vetnam terma jamoasini qöşimça vaqtda urilgan gol evaziga 2:1 hisobida mağlub etib, Osiyo çempioni bölgan Özbekiston U-23 terma jamoasi Toşkentga qaytib keldi. Quyida uşbu turnir yakunlariga xulosa qilinadi.
Ravşan Haydarov

Ravşan Haydarovni murabbiy sifatida kamida ön beş yildan beri bilamiz. «Traktor», «Paxtakor» va hatto unga öz vaqtida jahon çempionatida saralaşida qatnaşayotgan terma jamoamiz ham işonib topşirilgandi. Ammo u doim kimningdir soyasida qolgan, avvaliga Agamurodov, keyin Yurgen Gyode yoki Viktor Jalilov unga, Haydarovga şerik bölar, sönggi yillarda esa, u köproq Samvel Babayanning «çiziğidan çiqmaydigan mutaxassis» sifatida taassurot qoldirayotgandi.
Uşbu musobaqa Haydarovni aynan murabbiy sifatida qaytadan kaşf etdi, deyiş mumkin. Jamoa öyinida murabbiyning qöli yaqqol sezildi, ayniqsa, musobaqa davomida paydo bölgan turli vaziyatlarga yoşlarni tayyorlaş oson emas – guruhdagi çigal vaziyatda sovuqqonlik, yaponlarning bizdan yoş ekanini hisobga olib dastlabki daqiqalardan bosim uyuştiriş, Janubiy Koreya bir öyinçi kam bölib qolganda taşabbusni qölga oliş, finaldagi noqulay ob havo va ayniqsa, 1:1 hisobidagi öyinlarda özini suvga tuşgan baliqdek his qiladigan Vetnam jamoasini mağlub etiş. Bularning barçasida boş murabbiyning muhim va öz vaqtida çiqarilgan qarorlari turganini alohida ta'kidlaş joiz.
Hujumkorlik

Futbolçilarimiz pley-offdan boşlab 3 öyinda jami 10 gol urişdi. Gollar standart vaziyatlardan ham, tezkor qarşi hujumlar yoki pozitsion hujumlardagi çiroyli kombinatsiyalar orqali ham kiritildi. Gol urgan futbolçilar ham har xil, ya'ni jamoa öyinida rang-baranglik va hujumkorlik közga taşlandi.
Eng asosiysi, Yaponiya va Koreyaga qarşi öyinlarda kerakli hisoblar qayd etilgandan keyin ham jamoa himoyaga ötib olmadi va yana gol uriş, çiroyli öyin körsatişga bölgan harakatlar sezilib turdi.
Bu U23!

Bu qanday musobaqa, bizga biror yöllanma beradimi, bu futbolçilar yakunda milliy terma jamoamizga qay darajada foydali böladi, bu omillardan qat'i nazar, ğalaba bu – ğalaba.
Ayniqsa, ösmirlar va yoşlar örtasidagi turli musobaqalarda umid baxş etib, hatto jahon çempionatlarida töp surgan futbolçilarimiz vaqt ötib umuman yöqolib ketganliklari muxlislarda pessimistik qaraşlarni ham yuzaga keltirişi tabiiy. Ösmir yoki yoş paytda iqtidorli yoşlarga ega bölişimiz, ammo vaqt ötib, ular futbolimizda yöqolib, aksinça, koreys va yapon tengqurlari yulduz bölib ketişlari hikoyasini köp tinglaganmiz.
Ammo bu turnir 23 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasida bölganini ham unutmaslik kerak. Ya'ni 16 yoki 19 emas, 23. Demak bu yoşda futbolçi şakllanib böladi, klubida öz örnini topib olgan böladi. Hamdamov, Siddiqov, Yaxşiboyev va bu turnirda qatnaşa olmagan Şukurov allaqaçon oliy ligada ham yulduzga aylanib bölişgan. Bu futbolçilarning endi birgalikda, xalqaro turnirda zafar quçganliklari tahsinga sazovor: ham özi kabi raqiblardan ustunligini namoyiş qilişdi, ham yangi bir tajriba, öziga bölgan işonçni orttirişdi.
Endi biroz osmondan yerga tuşamiz.
Çempionlik bizga olimpiya yöllanmasini bermaydi.
Ikki yil oldin Babayan boşçiligidagi U23 jamoamiz xuddi şunday musobaqada qatnaşib, guruh bosqiçida qolib ketgandi. Öşa turnir, xuddi 2020 yilda böladigan musobaqa kabi, Olimpiadaga yöllanma beruvçi çempionat bölgandi. Afsuski, biz kerakli natijaga erişgan bu safargi musobaqa heç qanday yöllanmani taqdim etmaydi.
Bu çempionlikning orqasidan, yoşlarimizning yanada yirikroq va kuçliroq musobaqalarda qatnaşişlari juda ham foydali bölardi. Bu yoşlarimiz esa, birgalikdagi oxirgi musobaqalarini ötkazişdi, endi tarqab ketişadi.
Strategiya yöq edi

Ana şu bolalar tuğilmasdan oldin, 1994 yilda Hirosimada çempion bölganmiz va özimizni Osiyoda tengsiz deb öylay boşlagandik. Ammo bunday turnirlarga bölgan munosabat borasida yaxşigina tajribaga ega bölgan Yaponiya yoki Koreya kabi terma jamoalar turnirga köproq yoş tarkibni jönatib, aslida, JÇ-98 saralaşi yoki Osiyo kubogi-96 ga tayyorgarlikni boşlab yuborganliklarini sezmaganmiz ham. Öşa çempionlikdan ikki yil ötib Yaponiya bizni 4:0 hisobida yengdi, kelasi yilda esa, Koreya Toşkentga kelib, darvozamizga 5ta töp yöllab ketdi.
Misol uçun, yaponlar bu turnirga 19-20 yoşli bolalarini olib keldi. Nega? Çunki ikki yil ötib, bu jamoa yanada tajribaliroq bölib xuddi şunday turnirga kelişadi. Yuqorida aytilganidek, 2020 yilda böladigan çempionatning bahosi yuqoriroq – olimpiadaga yöllanmani taqdim etadi.
Biz esa, bu turnirdan foydalaniş uçun alohida strategiyaga ega bölmadik. Töğri, çempionlik yaxşi. Ammo agar sovrin qölga kiritilmaganda, ertaga tarqab ketadigan jamoani çempionatga olib keliş töğri qaror deya olarmidik?
Xulosa

Bu muvaffaqiyatdan keyin, köpçilik bu bolalarni jamoa sifatida saqlab qolişni va milliy terma jamoaga aylantirişni maslahat bermoqda. Göyoki, bu jamoa yanada ulğayib, Osiyoning eng yaxşilaridan biri bölişi mumkin ekan.
Menimça, bu notöğri.
Albatta, yaqin kelajakda terma jamoamiz Osiyoda yetakçilardan biriga aylanişiga umid qilaman va agar şunday bölsa, öşa tarkibda keça ğalaba qozongan köpgina futbolçilar ham bölişi mumkinligi şubhasiz. Ammo milliy terma jamoaga mana şunday qaraş prinsipial xatodir.
Milliy terma jamoada har doim, ayni öşa paytdagi eng kuçli futbolçilar töp surişi kerak. Töğri, boş murabbiy bir neça yil keyin böladigan biror turnirga tayyorgarlik uçun strategiyani işlab çiqişda, öşa vaqtda bugungi formasida bölmaydigan ba'zi katta futbolçilardan voz keçişi va örniga yoşroğini tanlaşi mumkin. Ammo bu murabbiyning qarori böladi. Yoş jamoani strategiya sifatida milliy terma jamoaga aylantirib oliş, raqobatni pasaytirib yuboradi, futbolga zarar keltiradi. Aksinça, yoşlar Ahmedov, Denisov kabi tajribali futbolçilar bilan birgalikda ösib borişlari kerak.

Misol uçun, Ispaniya yoşlari bir neça yil oldin Yevropa çempioni bölişdi, öşa tarkibda eng zör futbolçilar Xese Rodriges va Jyerar Delofeu bölgandi. Hozir ikkisi ham Ispaniya milliy terma jamoasidan juda uzoqda, çunki ularning klublardagi taqdiri köngildagidek keçmadi. Xuddi şu şaklda, bugungi terma jamoamiz safidagi har bir futbolçi turli taqdirni boşdan keçirişi mumkin.
Bundan taşqari, öz tengqurlari içida öziga işonç bilan kuçli öynaydigan ba'zilar raqobatda yoki kattalar bilan aralaş bölganda, öşa öyinning yarmini ham körsata olmaydi. Xöş, ularning yaxşi öynaşlari uçun butun tarkibni saqlab qoliş kerakmi? Tajribali a'zosi bölmagan yoş jamoa kuçli va tajribali raqiblarga, oğirroq vazifalar yoki bosimga doş bera oladimi? Albatta, bunday bölmaydi.

Terma jamoada kimlar maydonga tuşişini öşa jamoaning bölajak murabbiyiga qöyib beraylik. Heç qayerda amalda qöllanmagan (balki qaysidir arab terma jamoalari qilgandir, lekin natijani körib turibsiz) qandaydir qarorlarga murabbiyni boğlab qöymaslik kerak. Terma jamoaga nomzod bölişga şu mamlakat pasportiga ega bölgan 20 yoşdan 35 yoşgaça, balki undanam yoşroq va undanam kattaroq har qanday futbolçi haqlidir. Ularni tanlaşda, qaysi kriteriyalarni işga solişni ham boş murabbiyga qöyib berilişi eng töğri yöldir, nazarimda.
Q.Aslanov










