Osiyo oʻyinlari. Yarimfinal
Oʻzbekiston – Yaponiya 1:1 (pen: 8:9)
Gollar: Sardorbek Bahramov 8 – Ishibashi 88
Oʻzbekiston U-23: Samandar Muratbayev, Saidxon Hamidov, Dilshod Murtazayev, Gʻiyosjon Rizaqulov, Sardorbek Bahromov, Saydumarxon Saydnurullayev (Nurlan Ibraimov 13), Muhammadali Oʻrinboyev (Ravshan Xayrullayev 66, Muhammadali Reimov, 117), Asilbek Jumayev (Shodiyor Shodiboyev, 86), Azizbek Toʻlqinbekov, Roʻziboy Fayzullayev, Ollabergan Karimov
Yaponiya U-23: Aleksandre Pisano, Keyta Kosugi, Kayto Suchiya, Shuto Nagano, Nelson Ishivatari, Kenshin Yasuda, Yutaka Michivaki, Xisatsugu Ishii, Shusuke Furuya, Soichiro Mori, Sena Ishibashi
30-sentabr kuni Osiyo oʻyinlarining futbol boʻyicha musobaqasi yarimfinalida Oʻzbekiston U23 jamoasi mezbon Yaponiyaga qarshi maydonga tushdi.
Oʻzbekistonliklar oʻyinning 8-daqiqasida uyushtirilgan tezkor qarshi hujumda hisobni ochishdi – qanotdan jarima maydoniga toʻp oshirilgach, Sardor Bahromov hech qanday qarshilikka uchramasdan aniq zarba berdi.
Oʻyinning ikkinchi boʻlimida Yaponiya katta ustunlikka erishdi va faqat darvozabon Samandar Muratbayevning ketma-ket seyvlari oʻyin oxirigacha hisobdagi ustunlikni taʼminladi. Ammo baribir 88-daqiqada raqib muvozanatni tikladi – Ishibashi qanotdan havolatib uzatilgan toʻpga barchadan baland sakradi va boshda yoʻllagan zarbasi bilan darvoza toʻrini ishgʻol etdi.
Qoʻshimcha boʻlimlarda hisob oʻzgarmadi. Penaltilar seriyasida esa tomonlar 10-martadan zarba berishdi. Hal qiluvchi pallada esa Shodiyor Shodiboyevning zarbasidan keyin toʻp darvoza toʻsinini titratdi va yakuniy hisob 8:9 koʻrinishida qoldi.
Endi Ravshan Haydarov shogirdlari 3-oktabr kuni 3-oʻrin uchun Xitoyga qarshi oʻyin oʻtkazadi.
Yaponiya esa finalda esa Janubiy Koreya bilan toʻqnashadi.
















