Osiyo oʻyinlari. Chorakfinal
Oʻzbekiston – Saudiya Arabistoni 3:0
Gollar: Dilshod Murtazoyev (12), Azizbek Toʻlqinbekov (78), Firdavs Abdurahmonov (86).
Oʻzbekiston – Samandar Muratbayev, Saidxon Hamidov, Dilshod Murtazoyev, Gʻiyos Rizaqulov (Dilshod Abdullayev, 81), Quvonch Xushvaqtov, Sardor Bahromov (Firdavs Abdurahmonov, 81), Saidumar Saidnurullayev (Ollobergan Karimov, 62), Muhammadali Oʻrinboyev (Nurlan Ibraimov, 85), Asilbek Jumayev (Shodiyor Shodiboyev, 85), Azizbek Toʻlqinbekov, Roʻziboy Fayzullayev.
Yaponiya mezbonligida boʻlib oʻtayotgan Osiyo oʻyinlarining futbol boʻyicha turnirida Oʻzbekiston jamoasi oʻz yurishini muvaffaqiyatli davom ettirdi.
Ravshan Haydarov shogirdlari chorakfinalda Saudiya Arabistoni vakillariga qarshi maydonga tushib, yirik hisobda gʻalaba qozondi.
Oʻyinning 12-daqiqasida Sardor Bahromov jarima zarbasini ijro etdi, raqib darvozaboni toʻpni qaytardi, ammo unga birinchi boʻlib Dilshod Murtazoyev yetib keldi va hisobni ochdi.
Ikkinchi boʻlim davomida oʻzbekistonliklar hisobdagi ustunlikni oshirdi. Avvaliga 78-daqiqada Roʻziboy Fayzullayev tomonidan amalga oshirilgan qarshi hujumni Azizbek Toʻlqinbekov gol bilan yakunladi.
86-daqiqada esa Firdavs Abdurahmonov oʻng qanotdan oshirilgan toʻpni boshi bilan darvozaga yoʻllab, yakuniy hisobni oʻrnatdi – 3:0.
Oʻzbekiston guruh bosqichini ham 100 foizlik natija bilan yakunlagandi. 1-turda Filippin 5:1 hisobida dogʻda qolildirgan, 2-turda ozchilik bilan oʻynab, Kuvayt ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozonilgan, 3-turda esa Vetnam ham shu hisobda taslim etilgandi.

















