Yaponiyada bölib ötayotgan Osiyo öyinlarining futbol böyiça turnirida Özbekiston jamoasining yarimfinaldagi raqibi maʼlum böldi.

Mezbon Yaponiya va KXDR örtasidagi çorak final uçraşuvida yaponlar 1:0 hisobida ğalaba qozonib, yarimfinal iştirokçisiga aylanişdi.

Final yöllanmasi uçun bahs 30-sentabr kuni Toşkent vaqti bilan soat 15:30 da boşlanadi.

Ravşan Haydarov şogirdlari çorakfinalda Saudiya Arabistoni ustidan 3:0 hisobida ğalaba qozonib, yarimfinalga çiqqandi.

Özbekiston guruh bosqiçini yuz foizlik natija bilan yakunlagan. Filippin 5:1 hisobida mağlub etilgan bölsa, Kuvayt va Vetnam ustidan 2:0 hisobida ğalaba qozonilgan.