12-14 oktyabr kunlari Toşkent viloyatidagi «Döstlik» stadionida Ravşan Haydarov boşçiligidagi Özbekiston U-20 jamoasi Qozoğiston U-21 jamoasiga qarşi ikki bor örtoqlik öyini ötkazdi.
Birinçi öyinda Firdavs Abdurahmonovning öyin oxiridagi yagona goli özbekistonliklarga ğalaba keltirgandi, bugungi öyinda esa hisob mehmonlar tomonidan oçildi. Ammo tezkor golga mezbonlar uçta gol bilan javob qaytarişdi.

13-daqiqada Abduğafur Haydarov hisobni tenglaştirdi. 35-daqiqada u dublni rasmiylaştirdi. Ikkinçi bölim boşida esa Asilbek Jumayev yakuniy hisobni örnatdi – 3:1.

Örtoqlik uçraşuvi.
Özbekiston U-20 3:1 Qozoğiston U-21
Gollar: 8' – Ali Törganov (Qozoğiston) 13', 35' – Abduğafur Haydarov (Özbekiston) 53' – Asilbek Jumayev (Özbekiston)
Noyabr oyida Qatarda bölib ötadigan jahon çempionatiga tayyorgarlik körayotgan U-17 jamoasi ham şu kunlarda Turkiya ösmirlariga qarşi ikkita örtoqlik uçraşuvida maydonga tuşdi.
Toşkent şahridagi «JAR» stadionida ötkazilgan öyinlarning ikkisida ham durang hisoblar qayd etildi.

11 oktyabr kuni ötkazilgan birinçi öyinda turklar jamoasi birinçi bölim davomida ikki töp farqi bilan oldinga çiqib olgandi, ammo Islombek Ismoilov şogirdlari öz uslubida kambek qilib, hisobni tenglaştira oldi. Dastlab Murodov birinçi bölimga qöşib berilgan daqiqalarda birinçi javob golini urgandi, ikkinçi bölim oxirlarida Sarsenbayev muvozanatni tikladi – 2:2.
Bugun bölib ötgan ikkinçi öyinda esa darvozalar daxlsizligi saqlab qolindi – 0:0.

U-17 xalqaro örtoqlik öyini
Özbekiston – Turkiya — 0:0
Toşkent, «Jar» stadioni












