28 yanvar kuni Çiroqçi tumanida prezident rahbarligida Qaşqadaryo viloyati faollari yiğilişi bölib ötdi.
Uşbu yiğilişda viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy holati tanqidiy baholar asosida tahlil etildi. Mavjud muammolar oçiq gapirildi, mutasaddi rahbarlarga tegişli körsatmalar berildi. Prezident Qaşqadaryo viloyatidagi maktabgaça ta'lim muassasalari faoliyatiga ham nazar taşlab, bu tizimdagi işlar va istiqboldagi rejalar haqida gapirdi.
«Qaşqadaryo viloyatida ta'lim sohasining moddiy texnika bazasini mustahkamlaş zarur. Umuman maktabgaça ta'lim muassasalari e'tibor berilmasdan, çetda qolib ketgan edi. Bugungi kunda viloyatdagi boğça yoşidagi bolalarning 24 foizi ta'lim bilan qamrab olingan. Ayniqsa, Dehqonobod tumanida bolalarning 6-9, Yakkaboğ tumanida 15 foizi qamrab olingan xolos.
Ota-onalarga qulaylik yaratiş maqsadida, joriy yildan boşlab qişloq joylarda bir bola uçun tölov narxi 90 ming sömdan 60 ming sömga kamaytirildi. Ikki va undan köp bolasi boğçaga boradigan oilalar uçun har bir bolaga tölanadigan 82 ming sömlik tölov qiymati 48 ming sömga tuşirildi. Bugungi kunda boğça xodimlarining maoşi kam. Şu sabab Moliya vaziri Qöçqorovga ikki hafta içida boğça xodimlarining maoşi 30 foizga oşiriş töğrisida qaror loyihasini topşiriş vazifasi yuklatiladi», - dedi Şavkat Mirziyoyev.
Prezidentning ta'kidlaşiça, Qaşqadaryo viloyatining Çiroqçi, Mirişkor, Dehqonobod, Koson va Ğuzor tumanlarining çekka qişloqlarida beş yil maktabgaça ta'lim muassasalariga tölov miqdori 50 foizga kamaytirib berilişi töğrisida qaror qabul qilinadi.
«Odamlarning daromadi yöq. Şuning uçun bunday qiyinçilik bölmasdi. Bu yilda viloyatda qöşimça 371ta MTM taşkil etiladi. Men bugun Şahrisabz şahridagi taşkil etilgan ingliz tilini örgatuvçi nodavlat boğçasini borib kördim. Men ulardan roziman, ularga nima yordam kerak bölsa beramiz. Agar Qaşqadaryoda bu yilning özida 371ta MTM qurilsa, bilasizlarmi qançadan qança ota-ona bizdan rozi böladi? Bolasi u yerda uç mahal ovqat yeydi, bitta til örganadi. Ma'naviyat, Vatanga muhabbat aynan şunday boşlanadi», deya Şavkat Mirziyoyevning sözlarini keltirgan «Kun.uz» muxbiri.











