Bugun, 28 yanvar kuni Çiroqçi tumanida prezident rahbarligida Qaşqadaryo viloyati faollari yiğilişi bölib ötdi.
«Kun.uz» manbasi xabar berişiça, uşbu yiğiliş tanqidiy ruhda ötgan. Davlat rahbari bir qança soha rahbarlari tomonidan olib borilayotgan işlarni tanqid qilgan, ularni zamonaviy fikrlay olmayotganlikda, bugungi kun nafasini his eta olmayotganlikda ayblagan. Köpçilik rahbarlarga öz faoliyatlarini qayta örganib çiqiş va amalda ijobiy körsatib beriş uçun muhlatlar bergan.
Prezident uşbu majlisda kadrlar masalasiga töxtalib ötar ekan, nega öz sohasi jonkuyarlari, mutaxassislari öz kasblari böyiça işlaşmayotganini izohlab ötgan.
“Bir paytlar öz kasbining haqiqiy egalarini yaqin yölatişmagan. “Ammasining falonçasi bir paytlar eşak öğirlagan”, “Qarindoşida undaylar bor, bundaylar bor”, degan bahonalar bilan ularni işga olişmagan. Men şuning uçun aytdim, ota bolasi uçun bola otasi uçun javob bermaydi. Menga öşa kadrning özi kerak. uning fidoyiligi, vatanparvarligi kerak”, - deb gapirib ötgan Şavkat Mirziyoyev.











