Markaz Çiroqçi tumani hokimligi va The Stirling Foundation jamğarmasi kömagida taşkil etildi. U Çiroqçi va unga yaqin hududlarda yaşovçi tadbirkor ayollar uçun biznesni rivojlantirişga doir taʼlim, maslahat va murabbiylik xizmatlaridan foydalaniş imkoniyatini kengaytirişga qaratilgan.
Bu HAMROHʼning hududlardagi navbatdagi markazi hisoblanadi. Taşkilot bunga qadar Nukusda filial va Çimboyda markaz oçgan.

Çiroqçidagi yangi markazda tadbirkor ayollar biznesni oçiş va rivojlantiriş, moliyaviy savodxonlikni oşiriş hamda moliyalaştiriş imkoniyatlaridan foydalaniş böyiça maslahat olişi mumkin. Şuningdek, iştirokçilarga biznesning turli bosqiçlarida individual hamrohlik va ekspert kömagi körsatiladi.
Markaz faoliyatining asosiy yönalişlaridan biri HAMROH tomonidan BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) bilan hamkorlikda amalga oşirilayotgan Womenʼs Entrepreneurship Support Programme (WESP) dasturi böladi.

Markazning oçiliş marosimida 80 dan ortiq tadbirkor ayol, davlat organlari vakillari, HAMROH jamoasi, murabbiylar va taʼlim dasturlari iştirokçilari qatnaşdi.
Tadbirda Qaşqadaryo viloyati hokimi örinbosari - Oila va xotin-qizlar boşqarmasi boşliği Ziyoda Aminova, Çiroqçi tumani hokimi Bahodir Xudoyqulov va HAMROH boş direktori Dilfuza Nurmatova sözga çiqdi.
Şuningdek, WESP dasturi murabbiylari, hunarmandlar hamjamiyati vakillari hamda tadbirkor ayollar biznesni rivojlantiriş böyiça tajriba va amaliy tavsiyalari bilan örtoqlaşdi. Tadbir yakunida iştirokçilar uçun tajriba almaşiş, hamkorlik istiqbollarini muhokama qiliş va yangi kasbiy aloqalar örnatişga qaratilgan netvorking sessiyasi ötkazildi.
«Biz uçun har bir yangi markaz, avvalo, tadbirkor ayollar uçun yangi imkoniyatdir. Ayol qayerda yaşaşi va öz biznesini qayerda rivojlantirişidan qatʼi nazar, sifatli qöllab-quvvatlaşdan foydalaniş imkoniyatiga ega bölişini istaymiz», - dedi HAMROH boş direktori Dilfuza Nurmatova.













