Energetika vazirligida Yoqilği-energiya resurslaridan foydalaniş ustidan davlat nazoratini samarali taşkil etiş va muvofiqlaştiriş böyiça respublika ştabining navbatdagi yiğilişi ötkazildi.

Yiğilişda yoz mavsumini betalafot ötkaziş, elektr energiyasi iste’moli keskin oşadigan kunlarda iste’molçilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlaş, energetika obektlarining 24 soatlik iş rejimini kuçaytiriş, avariya brigadalarining şayligini oşiriş hamda rejali ta’mirlaş işlarini jadallaştiriş masalalari muhokama qilindi.

Kutilayotgan issiq kunlarda respublika böyiça sutkalik elektr energiyasi iste’moli 280 mln kVt·soat, maksimal yuklama esa 13–13,3 GVtgaça yetişi prognoz qilinişi bois barça tizim korxonalariga elektr uzatiş tarmoqlari va podstansiyalarning işonçli işlaşini ta’minlaş, avariyaviy holatlarning oldini oliş hamda profilaktik nazoratni kuçaytiriş yuzasidan qöşimça vazifalar belgilandi.

Şuningdek, Toşkent şahridagi ayrim podstansiyalarda kuzatilgan nosozliklar va ular oqibatida yuzaga kelgan avariyaviy uzilişlar tanqidiy muhokama qilindi. Yöl qöyilgan kamçiliklar uçun tegişli mas’ullarning şaxsiy javobgarligi belgilanib, ayrim rahbarlar egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Kutilayotgan issiq ob-havo şaroitida benzin, dizel yoqilğisi va suyultirilgan gazni ortiş-tuşiriş işlarini sanoat va yonğin xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etgan holda, kuçaytirilgan nazorat asosida taşkil etiş topşirildi.

Yonğin va portlaş xavfini kamaytiriş maqsadida havo harorati yuqori bölgan vaqtlarda suyultirilgan gazni ortiş-tuşiriş işlarini vaqtinça töxtatib turiş belgilandi.