FIFA kengaşi a’zolari taşkilot prezidenti Janni Infantinoga nisbatan kuçayib borayotgan noroziliklar fonida navbatdan taşqari yiğiliş ötkazilişiga erişmoqçi, deb yozmoqda The Guardian.
Yiğiliş ötkazilişi uçun kengaşning 37 a’zosidan 19 nafarining qöllab-quvvatlovi zarur. Naşrning yozişiça, jahon çempionatining tijorat huquqlaridagi uluşini sotiş böyiça mojaro kelib çiqquniga qadar Infantinodan norozilar soni öndan ortiq edi.
Ular jahon çempionati vaqtida Folarin Baloganning diskvalifikatsiyasi bekor qilinişi böyiça mustaqil tekşiruv ötkazilişini talab qilişayotandi.
Infantinoning jahon çempionati huquqlarining bir qismini sotiş rejasi oşkor bölganidan keyin esa noroziliklar yanada kuçaydi.
Agarda Infantino mustaqil tekşiruv olib borilişiga ruxsat bermaydigan bölsa, kengaşning ayrim a’zolari uning iste’fosini talab qilişi mumkin.
Kengaşning navbatdagi yiğilişi noyabrda ötkaziladi. Favqulodda yiğiliş va Infantinoga işonçsizlik bildiriş böyiça ovoz beriş ötkazilişi uçun 43ta milliy assotsiatsiyaning murojaati talab qilinadi.
Avvalroq UYeFA Infantinoning iste’fosini talab qilayotgani xabar qilingandi.













