Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi boşliği – Içki işlar vazirining Matbuot kotibi Qutbiddin Burhonov Zangiota tumanidagi yangi hibsxona haqida ÖzA’ga ma'lumotlar berdi.
– Prezident qarori asosida Toşkent viloyatining Zangiota tumani hududida xalqaro standartlarga töliq javob beradigan tergov hibsxonasi qurildi, – deydi Qutbiddin Burhonov. – Hozirgi kunda “Toşturma”da saqlanayotgan mahkum va mahbuslarning barçasi yangi binoga köçirildi. Xalq orasida “Toşturma” nomi bilan maşhur Toşkent şahridagi 1-sonli tergov hibsxonasi 1891 yilda Çor Rossiyasi amaldorlari buyruğiga binoan toşdan barpo etilgan. Özaro yer osti va yer usti yöllari bilan bir-biriga boğlangan tört korpus mavjud bölsa-da, binoning umumiy ahvoli bugungi kun talablariga, xalqaro standartlarga javob bermasdi.
Uning sözlariga köra, binoni loyihalaştirişda iqlim şaroiti, sanitariya va xavfsizlik talablari, jazoni ijro etişga oid barça jihatlar hisobga olingan. Binoni quriş va jihozlaşda zamonaviy texnologiya va materiallardan foydalanilgan.
- Oşxona, kutubxona, yuviniş xonasi va boşqa maişiy xizmat körsatiş xonalari har tomonlama qulay. Maxsus kontingentga zarur bölgan tibbiy yordam körsatiş va uni taşkillaştiriş masalasiga alohida e'tibor qaratilgan. Oziq-ovqat va dori-darmonlarni saqlaş uçun zamonaviy muzlatkiçlar örnatilgan, - deydi u. - Xalqaro va zamon talablariga javob beruvçi, qurilişi va jihozlanişi jihatidan MDH davlatlari içida yagona hisoblangan uşbu hibsxona sakkiz qirrali yulduz şaklida qurilgani kameralarga har tomonlama yoruğlik tuşişini ta'minlaydi. Mahkum va mahbuslarning yaqin qarindoşlari, advokatlari bilan uçraşuv xonalari mavjud. Bu xonalar barça talablarga javob beradi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşturma yangi joyga köçirilayotgani haqida xabar berilgandi.












