Toşkent viloyati Zangiota tumanida joylaşgan 39-maktab qarşisida 15-sentabr tongida yöl-transport hodisasi yuz berdi. Unda belgilangan piyodalar ötiş joyidan yölni kesib ötayotgan ona-bolani Chery maşinasi urib yubordi. Viloyat YHXB 16-sentabr kuni uşbu YTH haqida maʼlumot berdi. Unda taʼkidlanişiça, «piyodalarning soğliği yaxşilangani uçun ularga şifoxonadan ruxsat berilgan». Uşbu xabardan söng bemor ayolning xolasi tahririyatga murojaat qilib, jiyani hozirda şifoxonada ekanligini maʼlum qildi. Kun.uz muxbiri şifoxonaga borib, holatni örgandi.

YTHdan keyin bemorga uyiga javob berilgan

Yöl-transport hodisasidan söng ayol va uning öğli Zangiota tuman tibbiyot birlaşmasiga olib kelingan. Biroq keyinroq farzandini kuzatuvga olişib, Toşkent viloyati Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazining bolalar neyroxirurgiya bölimiga yuborişgan. 

Ayol şu kuni özini yaxşi his qilmaganini, şunga qaramay, tekşiruvlardan keyin uyiga javob berilganini aytdi. Uyiga qaytganidan keyin uning ahvoli yaxşilanmagan. Keçasi isitmasi çiqib, oğriqlari kuçaygan va şifokor qöşnisi unga tun davomida ukol qilib turgan.

Voqea sodir bölgan kuni bemorni qabul qilgan şifokor Fayzullaxöja Eşonxöjayev ayolni öşa paytda statsionarga yotqiziş uçun asos topilmaganini bildirdi.

«Maʼlumotnoma böyiça, birinçi onaga yöl-transport hodisasi taşxisi va dahan sohasi, yuz sohalari va oyoqlaridagi tizza sohalarida lat yeyişi, terida şilingan jarohat, tepa jağining mana, uçta tişi travmatik sinişi taşxisini qöydik. Mutaxassislar maslahatlaşilgan holda taşxis qöydik. Bu tiş siniş yengil jarohatga kirmaydi. Bu ayolga şunaqa taşxis qöydik, haqiqatan yotiş holati aniqlanmadi», - dedi şifokor.

Bemor yana şifoxonaga qaytdi

Bemorning xolasi 16-sentabr kuni uning ahvoli yomonlaşganini körib, tez yordam çaqirgan.

«Çorşanba kuni ertalab jiyanimni körgani uyiga bordim. Borsam, ahvoli oğir edi. Yiğlab yotibdi, boşini kötara olmayapti. Tişlari singan, oyoqlari ham oğriqli edi. Keyin men darrov tez yordam çaqirdim va u bilan şu yerga keldik. Rentgenga tuşirdi», dedi. «Qani, rentgen qoğozini bizga körsatinglar, bir kun oldingi rentgenni körsating», desam, avval körsatişmadi. Keyin kompyuterda körsatdi. «Rentgenda hamma holati yaxşi, sotreseniyasi yöq», deb aytişdi», - deydi bemorning xolasi.