Içki işlar vazirining buyruği loyihasi bilan 2017-yilda tasdiqlangan vaqtinça saqlaş hibsxonalarining içki tartib qoidalariga qöşimça va özgartirişlar kiritiş közda tutilmoqda.
Loyihaga köra, hibsxonalarga moneliksiz kiriş huquqiga ega şaxslar röyxatiga Ombudsmanning örinbosari, Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahridagi mintaqaviy vakillari, şuningdek, Bolalar ombudsmani kiritiladi.
Amaldagi qoidalarda bunday huquq Ombudsman, Biznes-ombudsman, Inson huquqlari böyiça Milliy markaz hamda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi xodimlari uçun belgilangan.
Taklif etilayotgan tahrirda mazkur şaxslarning xavfsizligini taʼminlaş hibsxona maʼmuriyati zimmasiga yuklatilmoqda.
Loyihada qamoqqa olinganlarni tergov hibsxonalaridan vaqtinça saqlaş hibsxonalariga ötkaziş tartibi ham aniqlaştirilmoqda.
Bunday ötkaziş tergov harakatlari yoki sud majlislarini tergov hibsxonasi joylaşgan aholi punktidan taşqarida ötkaziş zarur bölganda, şaxsni u yerga har kuni olib boriş imkoni bölmagan hollarda qöllanadi. Vaqtinça ötkaziş muddati bir oy davomida köpi bilan ön sutkani taşkil etişi nazarda tutilgan.
Ötkaziş uçun suriştiruvçi, tergovçi yoki prokurorning şaxsni boşqa yerga köçiriş töğrisidagi qarori yoxud sud ajrimi asos böladi. Bunda amaldagi qoidalardagi asoslar qatoriga suriştiruvçining qarori ham qöşilmoqda.
Şuningdek, qamoqqa olingan şaxsni tergov hibsxonasiga masofa olisligi yoki lozim darajadagi qatnov yöllari yöqligi sababli olib boriş imkoni bölmagan holatlarga oid qoidaga ham suriştiruvçi kiritilmoqda. Bu holatlarda uning prokuror bilan kelişilgan qarori asosida şaxsni vaqtinça saqlaş hibsxonasida öttiz sutkagaça saqlaş nazarda tutilgan.
Uşlab turiş bayonnomasini rasmiylaştirişga oid bandlarda esa Jinoyat-protsessual kodeksining 227-moddasiga havolalarni 225-moddasiga almaştiriş taklif etilmoqda.
Hujjat hozirça loyiha bölib, unda buyruqning sanasi va raqami körsatilmagan. Qabul qilinsa, rasmiy eʼlon qilingan kundan kuçga kirişi belgilangan.

















