Qozoğistonning Aqtöbe viloyatida yonib ketgan avtobusning uç nafar haydovçisi 2-sonli şahar sudiga sanksiya haqida qaror qabul qiliş uçun olib borildi. Bu haqda «Kazinform» xabar qilgan.
 
Ma'lumki, ular Qozoğiston Jinoyat kodeksining 345-moddasi 4-qismi böyiça ayblanmoqda.

Qölga olinganlar – 1985 yilda tuğilgan Maksat Pernebekov, 1968 yilda tuğilgan Nurjan Qirğizbayev va 1978 yilda tuğilgan Barat Tanatarov.

Nurjan Qirğizbayev böyiça prokuror uni 2 oyga qamoqqa olişni söragan.

24 yanvar kuni uç haydovçi Aqtöbe şahridagi vaqtinçalik saqlaş izolyatoriga olib ketildi. Tergov davomida aniqlanişiça, olovga haydovçilar tomonidan avtotransport vositasidan foydalaniş qoidalari va yonğin xavfsizligi qoidalarining buzilişi sabab bölgan, bu avtobus salonida kavşar lampa işlatilgani tufayli yuz bergan.

Yiğilgan ma'lumotlar uşbu jinoyatga avtobusning barça 3 haydovçisi aloqador ekanini körsatgan.

Jinoiy işni IIV tergov departamenti mintaqalararo tergov-tezkor guruhi yuritmoqda. Bu boradagi işni Qozoğiston Boş prokuraturasi va IIV nazorat qilmoqda.

Içida 57 kişi bölgan avtobus Samara-Çimkent yölida yonib ketgan. Yonğin avtobus harakatlanayotgan vaqtda yuz bergan. Falokat oqibatida 52 kişi halok bölgan, 5 kişi omon qolişga muvaffaq bölgan.