AQŞning Boş beysbol ligasida (MLB) iştirok etuvçi “Klivlend Indians” klubi 2019 yildan boşlab öyinçilarning kiyimlari, kepkalari va uy stadionida qöllangan “Vaxu sardori” logotipini qöllaşdan töxtaydi. Klub uşbu logotipi uçun bir neça bor irqçilikda ayblangan: unda tabassum qilib turgan qizil tanli hindu tasvirlangan.
Klub uşbu logotipli atributikani stadiondan taşqarida sotişda davom etadi. Klub şunday yöl bilan hindu tasviriga huquqni qöldan boy bermaydi va uni “uçinçi tomon” qöllaşiga ijozat bermaydi. Biroq eski logotipdagi barça mahsulot MLB saytidan olib taşlanadi.
The New York Times naşri ma'lumotlariga köra, klub egasi Pol Dolan uşbu logotipning kiyimlardan olib taşlanişi taklifiga uzoq vaqt qarşilik qilgan. Biroq MLB vakili Rob Menferdning aytişiça, klub oxir-oqibat liganing bu masala böyiça taklifiga rozilik bergan.
Amerikalik hindular harakatining Ohayo ştatidagi (Klivlend şahri joylaşgan) rahbari klubning bu qarorini qöllab-quvvatlagan. U kelgusida klub nomi – “Indians”ni (Hindular) ham özgartiriş kerakligini aytgan.
Hindu obrazi klubning logotipida 1928 yildan beri bor bölgan, 1948 yilda esa klub kiyimida 70 yildan beri qöllanib kelingan “Vaxu sardori” personaji paydo bölgan. Şu yillar içida bu logotip dunyodagi eng maşhur sport qiyofalaridan biriga aylanib ulgurgan, biroq klub oxirgi yillarda uni kamroq qöllab kelgan. Misol uçun, 2014 yilda klubning asosiy ramzi “S” harfi bölgan, “hindu” esa muqobil variant sifatida qoldirilgan.
AQŞda köplab sport jamoalarining nomlari va logotiplarida hindularga işora bor. Oxirgi yillarda irqçilikdagi ayblovlar sababli ular özgartira boşlangan: bir neça universitet jamoalari öz atributikalaridan hindular bilan boğliq barça eslatmalarni olib taşlaşgan. 2015 yilda AQŞ milliy futbol ligasining “Vaşington Redskinz” (qizil tanlilar) klubidan nomini özgartiriş talab qilingan, biroq klub oliy sud orqali özining tarixiy nomini saqlab qolişga erişgan.












