Roğun GES qurilişi loyihasini amalga oşiriş böyiça işlar bajarilmoqda, gidrostansiyaning birinçi agregatini joriy yilda foydalanişga topşiriş rejalaştirilmoqda. Bu haqda Tojikiston energetika va suv resurslari vaziri Usmonali Usmonzoda xabar berdi.
Uning sözlariga köra, barça pudrat taşkilotlari gidroelektrstansiyaning birinçi agregatini belgilangan muddatlarda, ya'ni joriy yilda işga tuşiriş majburiyatini olişgan.
«Ba'zi muammolar bor, biroq biz işonamizki, mamlakat rahbariyatining loyihani öz vaqtida amalga oşiriş böyiça topşiriği bajariladi», - deya ta'kidlab ötgan vazir.
Şu bilan birga, Energetika vazirligi rahbari uşbu loyihani amalga oşirişda aynan qanday muammolar borligiga aniqlik kiritmadi.
2016 yilning oktabridan beri Roğun GESni quriş işlari bilan Italiyaning Salini Impregilo kompaniyasi şuğullanmoqda.












