AQŞ Adliya vazirligi dunyo sportidagi korrupsiya yuzasidan katta hajmdagi suriştiruv işlarini boşladi, deb xabar beradi New York Times. 

Manba ma'lumotiga köra, FIFA (Xalqaro futbol federatsiyasi), XOQ (Xalqaro Olimpiya qömitasi), IAAF (Yengil atletika böyiça xalqaro federatsiya) va AQŞ MOQ (Milliy Olimpiya qömitasi) faoliyati jiddiy tarzda örganib çiqiladi.

Naşrning ta'kidlaşiça, Adliya vazirligi yengil atletika böyiça ikkita jahon çempionati (2019 - Doha, 2021 - Yujin) mezbonligini qölga kiritiş jarayonida yöl qöyilgan pul yuviş, reket va firibgarlikning ehtimoliy holatlarini, şuningdek, Rossiya tomonidan 2014 yilgi Olimpiada va 2018 yilgi jahon çempionati mezbonligini qölga kiritiş tafsilotlarini tekşiruvdan ötkazadi.

Adliya vazirligi har bir taşkilotdan 2013 yildan buyon yuritilgan hujjatlarni, guvohlik körsatmalarini talab qilib olgan. Aynan şu yildan söng AQŞ yengil atletika böyiça jahon çempionati (Yujin-2021) va Olimpiada-2028 (Los-Anjyeles) mezbonligini qölga kiritgan edi.

Naşrning qayd qilişiça, AQŞ MOQ bu xabarni izohlaşni istamagan, XOQ sörovnomaga javob bermagan, IAAF esa Adliya vazirligi taşkilot bilan boğlanmaganini ta'kidlagan.