Milliy matbuot markazida Toşkentda Sergeli va Yunusobod yönalişidagi metro qurilişi, katta halqa yöli böylab quriliş jarayoni, bu borada qöllanilayotgan zamonaviy texnologiyalar, joriy yilda amalga oşirilişi közda tutilgan çora-tadbirlarga bağişlangan brifing taşkil etildi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Unda "Özbekiston temir yöllari" AK boşqaruvi raisi örinbosari, "Toşkent metropoliteni" UK rahbari ma'lumot berdi.
Uzunligi 7,1 kilometr bölgan Toşkent metropolitenining Sergeli liniyasi qurilişi 2020 yilga qadar qurib, foydalanişga topşirilişi közda tutilgan. Sergeli metro liniyasi hozirgaça Markaziy Osiyoda qöllanilmagan butunlay yangiça estakada usulida bunyod etilmoqda. Mazkur liniya köpriksimon tarzda quriladi, poyezdlar yer ustida harakatlanadi. Uşbu yönalişda 6 bekat böladi. Qiziqarli yana bir jihat, poyezdlar töxtaş maskani, ya'ni bekatlar 4 vagondan iborat metro poyezdiga möljallab quriladi. Bekatlarda yölovçilarga qulaylik yaratiş maqsadida maxsus lift va eskalatorlar örnatiladi.
Yunusobod yönalişining yangi yönalişi esa 2019 yilda töla nihoyasiga yetkazilişi közda tutilgan. Hozirda bu obektda 100 dan ziyod malakali muhandis va işçilar, 40 ga yaqin maxsus texnikalar jalb etilgan. Hozirgaça uşbu qurilişda kotlovanni tayyorlaş va tuproqni çiqarib taşlaş işlari töliq yakunlangan.
Uçinçi loyiha – yer usti metro halqa yöli qurilişi bölib, uning umumiy uzunligi 52,1 kilometrni taşkil etadi. Uşbu yönaliş böyiça poyezdlarning örtaça harakat tezligi soatiga 60 kilometrga yetadi. Halqa böylab yölni bosib ötiş vaqti 1 soat-u 10 daqiqa etib belgilangan.
Dastlabki bosqiçda Toşkent metropolitenining "Döstlik" bekatidan Qöyliq bozorigaça bölgan 8 bekatdan iborat qismi quriladi. Keyinçalik u "Olmazor", “Beruniy”, “Bodomzor” hamda “Tuzel” bekatlari orqali yana “Döstlik” bekatiga tutaşadi. Mazkur metro yöli Yaşnobod, Uçtepa, Olmazor, Yunusobod, Çilonzor va Sergeli tumanlari hududidan ötadi.
Ayni paytgaça bu yerda 47,5 ming kub metr tuproq işlari bajarildi. Rejaga köra uşbu metro liniyasida 35 bekat quriladi.











