Adabiyotda boy meros qoldirgan ijodkorlar köp, ammo ular orasida Özbekiston xalq yozuvçisi Toğay Murodning öz sözi, heç kimnikiga öxşamaydigan yöli bor. Yozuvçining “Yulduzlar mangu yonadi”, “Ot kişnagan oqşom”, “Oydinda yurgan odamlar”, “Momo yer qöşiği” qissalari, “Otamdan qolgan dalalar”, “Bu dunyoda ölib bölmaydi” nomli romanlarini öqiganda har birida xalqimizning bir dardi, bir haqiqati borligiga amin bölamiz. Bu yozuvçi faqat unvonidagina emas, yuragida ham xalq bor bölgan tom ma'nodagi ijodkor bölganiga amin bölamiz. Ammo har qanday zamonda ham ijodkorga oson bölmagan. Şoir Norqobil Jalil Toğay Murod haqidagi xotiralarida şunday yozadi: “U kişi bilan sönggi marta, ölimidan bir haftaça avval gaplaşdik. Uyida yolğiz özi ekan. Menimça, zerikibroq turgan ekanmi yo kayfiyati çoğmidi, bilmadim, bir soatça sözlaşdik. Men esa xijolat bölib gap orasida: “Aka, uzr endi, vaqtingizni oldim”, desam ham negadir heç xayrlaşgisi kelmadi. Öşa kuni men ham nimadandir qattiq siqilib, Toğay akaga dardlarimni aytib berdim. Şunda u kişi: “Esingdami, bundan sakkiz yilça avval senga bir gapni aytuvdim. Yana takrorlayman, u quloğinggayam, bu quloğinggayam quyib ol, hali eslab yurasan, akam bekorga bu gaplarni aytmagan ekan, deb. Ayrimlar bor men bilan ham, sen bilan ham oşnam, döstim, oğam deb öpişib, quçoqlaşib körişadi va sal nariga borib izimizdan ming xil fisqu fasod, iğvo tarqatişadi. Parvo qilma, undaylar bilan öçakişib ötirma, qöyaver. Özingga işon. Yana bir gapni aytayin, odam ahyon-ahyon bölsa-da, özi bilan özi gaplaşib, dardlaşib turişi kerak ekan. Qaçonki mayda-çuyda gap-sözlarga öralaşib qolgan bölsang, özing ham mayda odamga aylanasan. Bir şe'ringda “Olti yil yaşadim Yolğizlik bilan”, deb yozibsan-ku. Biz hammamiz qismatning odamlarimiz. Nimadir yozaman, yarataman, deb qişloqdan keçib kelganmiz. U yoqda senu menga köz tikib ötirgan qança qoraközlar bor. Şularning yuzini yerga qaratmaylik…”, deya uzoq nasihat qildi”.
“Özbek xalqiga haykal qöyaman”, deya niyat qilgan zabardast ijodkor — Toğay Murod tirik bölganida yetmiş yoşga kirardi. Ertaga, 2 fevral kuni soat 15:00da Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston milliy kutubxonasida yozuvçi tavalludining yetmiş yilligiga bağişlangan Xotira keçasi bölib ötadi. Unda yozuvçining zamondoş döstlari, maşhur şoir va yozuvçilar, adabiyotşunoslar iştirok etişadi. Barça adabiyot şinavandalari taklif etilmoqda.







