Bugun, 1 fevral kuni Hindistonda bölib ötgan India Open turnirida 7 nafar özbekistonlik boksçi final janglarini ötkazişdi.
Oltin medal uçun ringga çiqqan 7 nafar boksçidan 5 nafari maqsadga erişdi, ikki boksçi kumuş medal bilan çeklanadigan böldi.
Bobousmon Boturov, Isroil Madrimov, Bahodir Jalolov, Abdulhay Şorahmatov va Xudoynazar Fayzov öz raqiblaridan ustun keldi, Sanjar Tursunov va Iqboljon Xoldorov mağlubiyatga uçradi.
Şu tariqa, 10 sportçi bilan turnirga borgan Özbekiston vakillari 5ta oltin va 2ta kumuş medal bilan birinçi bölişdi. Mezbon Hindiston termasi musobaqani 2-örinda yakunlagan bölsa, kubaliklar 3-örin bilan çeklandi.












