Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.Mirziyoyevning «Xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş va oila institutini mustahkamlaş sohasidagi faoliyatni tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni qabul qilindi.
Prezident farmoniga köra, Özbekiston Xotin-qizlar qömitasi faoliyatining ustuvor yönalişlari sifatida quyidagilar belgilanmoqda:
1) Xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaşga doir davlat siyosatining samarali amalga oşirilişini ta'minlaş, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş hamda ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oşiriş;
2) Xotin-qizlarning muammolarini öz vaqtida aniqlaş, yordamga muhtoj bölgan va oğir ijtimoiy ahvolga tuşib qolgan xotin-qizlarning, şu jumladan, nogironligi bölgan ayollarning manzilli röyxatlarini tuziş, ularga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam körsatiş;
3) Xotin-qizlarning bandligini ta'minlaş, mehnat şaroitlarini yaxşilaş, xotin-qizlarni, ayniqsa, qişloq joylardagi yoş qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandçilikka keng jalb etiş masalalarida har tomonlama manzilli qöllab-quvvatlaş;
4) Xotin-qizlar örtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş, birinçi navbatda, huquqbuzarlikka moyilligi bölganlar bilan yakka tartibda iş olib boriş hamda jazoni ijro etiş muassasalaridan ozod qilingan xotin-qizlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslaşişi böyiça çora-tadbirlarni amalga oşirişda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqin hamkorlikni ta'minlaş.











