Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.Mirziyoyevning «Xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş va oila institutini mustahkamlaş sohasidagi faoliyatni tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni qabul qilindi.

Prezident farmoniga köra, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti ta'lim, fan, adabiyot, madaniyat, san'at, sport va jamoatçilik faoliyatida alohida yutuqlarga erişgan ön tört yoşga tölgan va öttiz yoşdan oşmagan iqtidorli qizlarga har yili Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahridan ikki nafar talabgorga beriladi.

Umumiy örta, örta maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasalarining Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari bölgan öquvçilari bakalavriatga, bakalavriat talabalari esa oliy ta'lim muassasalari magistraturasiga tegişli yönaliş va ixtisoslik böyiça kiriş sinovlarisiz davlat grantlari asosida qabul qilinadi.

Jamiyat va davlat hayotida faollik va taşabbuskorlik körsatgan, özining samarali mehnati bilan oilaning şakllanişi va farovonligi mustahkamlanişiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qöşgan xotin-qizlarga beriladigan «Mö'tabar ayol» kökrak nişoni ta'sis etiladi.