«Ibratli oila» kökrak nişonini beriş tartibini belgilovçi hukumat qarori qabul qilindi. 

Unga köra, kökrak nişoni bilan farovon va barqaror oilalarning hayotiy tajribalarini ommalaştiriş, oila institutini mustahkamlaş, oilaviy qadriyatlarni saqlaş va rivojlantirişga munosib hissa qöşgan namunali oilalar taqdirlanadi. 

Qarorga muvofiq:

- Har yili 1 martgaça Xotin-qizlar faollari, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlaş komissiyalari tomonidan kökrak nişoni bilan taqdirlaşga oid takliflar şakllantiriladi;  

- Takliflar tuman (şahar) kambağallikni qisqartiriş va bandlik bölimlariga taqdim etiladi; 

- Har yili 15 martgaça nomzod oilalar har tomonlama örganilib, 15 aprelgaça eng munosiblari böyiça yakuniy xulosa qabul qilinadi.  

Nomzod oilalar tanlanayotganda, jumladan, quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi: 

- oilada va jamoat joylarida kutubxonalar taşkil etgan;

- oila a’zolari ilmli, ziyoli bölgan, şuningdek, ilmiy darajaga ega bölgan;

- ota-onasi qaramoğidan mahrum bölgan bolalarni farzandlikka, vasiylikka, homiylikka olgan;

- oilaviy sport bilan şuğullanib, respublika va xalqaro darajadagi yutuqlarga erişgan;

- oilaviy tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyib, iqtisodiyotni rivojlantirişga hissa qöşayotgan oilalar.

Kökrak nişoni bilan mukofotlangan oilalar 15 may – Xalqaro oila kuni bayrami arafasida tantanali taqdirlanadi.  

Taqdirlangan ibratli oilalarga BHM 4 baravari (hozir 1 mln 320 ming söm) miqdorida bir yöla tölanadigan pul mukofoti beriladi. 

Kökrak nişoni bilan taqdirlangan oilalar yaşaydigan xonadonlar va uy-joylarning kiriş qismiga «Ibratli oila» belgisi örnatiladi.

Bir oila kökrak nişoni bilan bir marta taqdirlanadi.