Vazirlar Mahkamasining "Yangi Özbekiston bunyodkorlari" kökrak nişonini ta’sis etiş töğrisida”gi qarori e’lon qilindi.

Qarorda aytilişiça, kökrak nişoni bilan Yangi Özbekistonni barpo etiş yölida faol fuqarolik pozitsiyasini namoyon etib kelayotgan, mamlakat taraqqiyoti uçun kuç-ğayrati, zamonaviy bilim va malakasi, ma’naviy-intellektual salohiyatini namoyon etayotgan, davlatning xalqaro miqyosdagi nufuzini yuksaltirişga va şon-şuhratini oşirişga munosib hissa qöşayotgan, barça sohalarda amalga oşirilayotgan islohotlar jarayonida ilğor taşabbuslari, vatanparvarligi, fidoyiligi va namunali faoliyati bilan ajralib turgan fuqarolar taqdirlanadi.

Şuningdek, kökrak nişoni bilan çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar ham taqdirlanişi mumkin.

Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi kökrak nişoni bilan taqdirlanadigan nomzodlar röyxatini şakllantiriş, taqdim etiş va körib çiqiş masalalarini taşkil etiş uçun işçi organ vazifasini bajaradi.