Hukumat qarori bilan «Diniy bağrikenglik» kökrak nişoni töğrisidagi nizom tasdiqlandi. 

Kökrak nişoni bilan atoqli davlat va jamoat arboblari, diniy-ijtimoiy sohadagi rahbarlar va yetuk ulamolar, davlat taşkilotlari va nodavlat notijorat taşkilotlar xodimlari, xalqaro taşkilotlar, diplomatik vakolatxonalarning vakillari, xorijiy arboblar va olimlar taqdirlanadi. 

Şuningdek, çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar ham kökrak nişon bilan taqdirlanişi mumkin. 

Kökrak nişoni bilan taqdirlaş böyiça takliflarga nomzod haqida quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

- nomzod haqida ma’lumotnoma;

- nomzodning şaxsini tasdiqlovçi hujjat nusxasi (fuqarolik pasporti yoki ID-karta);

- nomzodning sönggi 3 yil davomida diniy-ma’rifiy sohaning samaradorligini oşiriş, fuqarolarning vijdon erkinligi kafolatlarini ta’minlaş, dinlararo va konfessiyalararo totuvlik va bağrikenglikni mustahkamlaş borasida amalga oşirgan işlari aks ettirilgan tavsifnoma. 

Kökrak nişoni har yili 16 noyabr – Xalqaro bağrikenglik kuni arafasida tantanali tarzda topşiriladi. 

Kökrak nişoni bilan taqdirlanganlarga BHM 4 baravari (1 mln 320 ming söm) miqdorida bir yöla tölanadigan pul mukofoti beriladi.