Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi ma'lumotlariga qaraganda, ötgan yili Qozoğiston, Tojikiston, Latviya, Qirğiziston va Tataristonda “Özbekiston milliy mahsulotlari” körgazmasi ötkazilib, umumiy qiymati qariyb 64 million AQŞ dollariga teng bölgan 140 ga yaqin, şuningdek, taşkil etilgan yigirmadan ziyod xalqaro körgazma hamda yarmarkalarda 21 million AQŞ dollariga yaqin bölgan 145 dan ortiq hujjatlar imzolandi, deb yozmoqda “Xalq sözi” naşri.
Şuningdek, Rossiya Federatsiyasi, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Çexiya, Şvetsiya, Belgiya, Estoniya, Germaniya, Gretsiya, Turkiya işbilarmon doiralari taşriflari amalga oşirilib, yigirmadan ortiq biznes-forumlar uyuştirildi. Natijada yurtimizda 10 ta qöşma korxona taşkil etilib, bir qator istiqbolli kelişuvlarga erişildi.
Mahalliy tadbirkorlar tomonidan tayyorlangan mahsulotlarni xorijga yetkazib beriş masalasi ham e'tibordan çetda qolmadi. Misol uçun, ötgan yili 210 dan köproq mahalliy tadbirkorlik sub'yektlarining qariyb 60 million AQŞ dollarilik mahsulotlari xorijlik buyurtmaçilarga yetkazib berilgan.












