Eronning Rossiyadagi elçisi Mehdi Sanaiyning ma'lum qilişiça, Tehronda yadroviy kelişuv bekor qilinişi böyiça javob ssenariysi bor, hamda Moskva bundan xabardor. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.
«Eron, albatta, Rossiya, Xitoy, Yevropaning qator mamlakatlari bilan özaro harakatlarni davom ettiradi, Qöşma keng kölamli harakatlar rejasini saqlab qolişga intiladi. Biroq agarda u bekor qilinadigan bölsa, unda Eronda ham özining harakatlari ssenariysi bor. Eronda aniq javob harakatlari işlab çiqilgan», - deya aytib ötdi Sanaiy.
Uning ta'kidlaşiça, Qöşma keng kölamli harakatlar rejasi Eron va BMT XK a'zolari örtasidagi uzoq davom etgan muloqot natijasi sanaladi.












