1-SAVOL: Bizning firmamizni tekşiriş jarayonida tekşiruvçilar bizdan jamoa şartnomasi tuzilganligi haqida söraşdi. Jamoa şartnomasi nima ekanligini tuşuntirib bersangiz.

B.Yusupov.

JAVOB: Mehnat kodeksining 29-moddasiga muvofiq jamoa şartnomasi – korxonada iş beruvçi bilan xodimlar örtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvçi normativ hujjatdir. U iş beruvçi bilan xodimlarning vakillik organi örtasida özaro kelişib olişga qaratilgan şartnoma hisoblanadi.

2-SAVOL: Meni yaqinda firmamizning kasaba uyuşmasi rahbari etib saylaşdi. Firmamizda jamoa şartnomasi tuzilmagan, men jamoa şartnomasini tuziş taşabbusi bilan çiqişim mumkinmi?

R.Aliyev

JAVOB: Ha, siz bunday taşabbus bilan çiqişingiz mumkin. Mehnat kodeksining 23-moddasi birinçi qismiga köra, xodimlarning vakillik organlari muzokaralar olib boriş, jamoa şartnomalari va kelişuvlari tuziş, ularning bajarilişini tekşirib turiş, iş beruvçiga korxonada mehnat töğrisida normativ hujjatlar tayyorlaş yuzasidan takliflar kiritişga haqlidir.

Mehnat kodeksining 177-moddasi birinçi qismiga köra, iş beruvçi Mehnat kodeksiga muvofiq jamoa şartnomalarni tuzişi şart.

Savollarga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi yuridik xizmati rahbari Davlatnazar Matrasulov javob berdi.

Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.