Endilikda ogohlantiruvçi turli şiorlar, yonğinlarning kelib çiqiş sabablari va salbiy oqibatlari aks ettirilgan körgazmalar, yonğin öçiriş anjomlari, öt öçiruvçilarning kiyimlari va iş qurollari bilan jihozlangan “Tarğibot avtobusi” Andijon viloyati böylab fuqarolarni huşyorlikka çorlaydi.
Andijon viloyati yonğin xavfsizligi boşqarmasi va uning quyi tizimida yonğinlar profilaktikasiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Joylarda ötkazilayotgan tuşuntiriş-tarğibot işlarida soha xodimlari yonğinlarning oldini oliş yuzasidan fuqarolarning yaşaş, iş, öqiş, jamoat joylaridagi majburiyat va burçlari uqtirib borilmoqda.

Tarğibot işlarining samarali usullaridan foydalanişga harakat qilayotgan yonğin xavfsizligi xodimlari bugungi axborot texnologiyalarining ilğor vositalaridan foydalanib noan'anaviy usulga ham murojaat qilişdi.
Ötgan davr içida önlab korxona, taşkilot, muassasalar, bozorlarda taşkil etilgan tarğibot aksiyalarida köplab fuqarolar iştirok etib, yonğin va uning salbiy oqibatlari, yonğinlarning oldini olişda e'tibor qaratiş kerak bölgan xavfsizlik qoidalari haqidagi bilimlarga ega bölişdi.
Andijon şahridagi 13-umumta'lim maktabida taşkil etilgan ana şunday tadbirlardan birida öquvçilar öt öçiruvçilik kasbi, yonğin öçiriş texnikalari, birlamçi öt öçiriş vositalari, qutqaruv uskunalarining vazifalari haqida atrofliça ma'lumotga ega bölişdi. Ayniqsa, tarğibot avtobusiga bölgan sayohat öquvçilarda katta taassurot qoldirdi.

Öquvçilar yonğin xavfsizligi yuzasidan öz tasavvurlari böyiça çizgan rasmlarini namoyiş etdilar hamda mutaxassislar ularning qiziqtirgan savollariga atrofliça javob berişdi.
Bu kabi tadbirlar isitiş vositalariga ehtiyoj kuçaygan qiş kunlarida keng qamrovda olib borilmoqda.











