Özbekiston Respublikasi prezidenti 2018 yil 6 fevral kuni “Jismoniy şaxslar tomonidan bojxona çegarasi orqali tovarlarni olib ötişni yanada tartibga soliş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda KUN.UZ’ga Bojxona qömitasi axborot xizmati xabar berdi.
Qaror jismoniy şaxslar tomonidan bojxona çegarasi orqali tovarlarni olib ötişni tartibga soliş, bojxona rasmiylaştiruvidan ötkaziş şaroitlarini umume’tirof etilgan jahon standartlariga muvofiqligini ta’minlaş, bojxona rasmiyatçiligini soddalaştiriş, şuningdek bojxona çegarasini kesib ötadigan jismoniy şaxslar uçun yanada qulay şart-şaroitlarni yaratiş maqsadida qabul qilindi.
Unga köra, jismoniy şaxslar tomonidan tovarlarni olib kirişning bojxona tölovlari undirilmaydigan quyidagi çeklangan me’yorlari tasdiqlandi.
Unga köra:
- Özbekiston Respublikasining xalqaro aeroportlari orqali bojxona çegarasini kesib ötganda – 2000 (ikki ming) AQŞ dollari miqdorida;
- Özbekiston Respublikasi Davlat çegarasidagi temir yöl va daryo ötkaziş punktlari orqali bojxona çegarasini kesib ötganda – 1000 (bir ming) AQŞ dollari miqdorida;
- Özbekiston Respublikasi Davlat çegarasidagi avtomobil yöli (piyodalar yöli) ötkaziş punktlari orqali bojxona çegarasini kesib ötganda – 300 (uç yuz) AQŞ dollari miqdorida;
- xalqaro poçta va kurerlik jönatmalari orqali jismoniy şaxslar manziliga kelayotgan tovarlar uçun bir kalendar oy mobaynida – 1000 (bir ming) AQŞ dollari miqdori belgilandi.
Jismoniy şaxslar tomonidan tovarlarni olib kirişning bojxona tölovlari undirilmaydigan çeklangan me’yorlari doirasida tovarlar olib kirilganda ularni yozma deklaratsiyalaş talab etilmaydi.
Şuningdek, jismoniy şaxslar 3 000 AQŞ dollarigaça qiymatdagi tovarlarni bojxona deklaratsiyasi taqdim etmasdan olib çiqişlari mumkinligi belgilandi.
Ammo, ayrim turdagi tovarlar uçun olib çiqişning quyidagi me’yorlari tasdiqlandi:
- guruç – 3 kg.gaça, non mahsulotlari – 5 kg.gaça, göşt va göşt mahsulotlari – 2 kg.gaça, şakar – 2 kg.gaça, ösimlik yoği – 2 kg.gaça, şuningdek yangi meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, şuningdek, quritilgan sabzavot va mevalar – 40 kg.gaça.
Şu bilan birga, jismoniy şaxslar tomonidan ayrim turdagi tovarlarning bojxona tölovlari undirilmaydigan olib kiriş me’yorlari ham belgilandi. Xususan:
- Alkogol mahsulotlari, şu jumladan pivo – 2 litrgaça, barça turdagi tamaki mahsulotlari – 10 qutigaça, atir va atirsimon suyuqliklar – 3 donagaça, qimmatbaho metall va qimmatbaho toşlardan yasalgan zargarlik buyumlari – 65 gr.gaça.
Şuni unutmaslik kerakki, mazkur tovarlarni olib kiriş çoğida uning qiymati fuqarolarning xalqaro aeroportlar, temir yöl, daryo ötkaziş punktlari yoki avtomobil yölida joylaşgan ötkaziş punktlari orqali harakatlanişiga boğliq ravişda mazkur qarorda belgilangan bojxona tölovlari undirilmaydigan çeklangan me’yorlar doirasida amalga oşiriladi.
Eslatib ötamiz, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yilning 6 dekabridagi “Jismoniy şaxslar tomonidan naqd xorijiy valutani olib kiriş va olib çiqib ketiş tartibini yanada soddalaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PF-5276-son Farmoni bilan jismoniy şaxslar tomonidan Özbekiston Respublikasining bojxona çegarasi orqali naqd xorijiy valutani olib kiriş va olib çiqib ketiş tartibini soddalaştirilgan edi.












