2027-yil 1-yanvardan eʼtiboran Özbekistonda jismoniy şaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda xorijdan olib kelinadigan tovarlarga nisbatan yagona bojxona tölovi pasaytiriladi.

Maʼlumki, jismoniy şaxslar Özbekiston hududiga kirayotganda şaxsiy ehtiyojlari uçun özi bilan olib kelayotgan tovarlar qiymati bojsiz olib kiriş normasidan oşgan taqdirda, tovar qiymatining normadan ortiq qismiga yagona bojxona tölovi undiriladi. Hozirda bu tölov – tovarning bojxona qiymatidan 30 foiz, lekin har bir kilogramm uçun 3 AQŞ dollaridan kam bölmagan miqdorni taşkil etadi.

27-avgust kuni imzolangan prezident farmoniga binoan, 2027-yil 1-yanvardan eʼtiboran yagona bojxona tölovi stavkasi pasaytirilib, tovarning bojxona qiymatidan 20 foiz, lekin har bir kilogrammi uçun 2 AQŞ dollaridan kam bölmagan miqdorda belgilanadi.

Bundan taşqari, 2027-yil 1-iyundan eʼtiboran jismoniy şaxslar notijorat maqsadlarda olib kiradigan tovarlar böyiça yagona bojxona tölovi tölanişi lozim bölgan bojxona yiğimlaridan kam bölsa, uşbu yiğimlar undirilmaydi.

Bojsiz olib kiriş normalari

2025-yil 1-maydan eʼtiboran, jismoniy şaxslarning bojsiz tovar olib kiriş normalari kiçraytirilib, quyidagiça belgilangan edi:

  • havo transportida – 1000 dollar (muqaddam 2000 dollar edi);
  • temiryöl va daryo transportida – 500 dollar (muqaddam 1000 dollar edi);
  • avtomobil (piyoda) ötkaziş punktlari orqali – 300 dollar (özgarmagan);
  • xalqaro kuryerlik jönatmalari orqali – bir oyda 200 dollar (muqaddam bir çorakda 1000 dollar edi);
  • xalqaro poçta jönatmalari orqali – 100 dollar (özgarmagan).

Tovar qiymati bojsiz normadan ortiq bölganda, ortiqça qismi uçun yuqorida körsatilgan stavkada yagona bojxona tölovi undiriladi. Masalan, samolyotda keluvçilar 1200 dollarlik iPhone uçun 1000 dollarlik limitdan oşgan qismi – 200 dollardan kelib çiqqan holda yagona bojxona tölovini tölaydi. Hozirgi stavka böyiça tölov 60 dollar ($200×30%) çiqadi, kelasi yilda esa 40 dollar ($200×20%).

Eslatib ötamiz, 2025-yil 20-iyuldan kuçga kirgan çeklovga köra, temiryöl va daryo transportida hamda avtomobil ötkaziş punktlari orqali notijorat maqsadlarda tovarlarni olib kirayotgan şaxs xorijiy davlatda 2 kundan kam muddat bölganda, havo transportida keluvçilar esa xorijda 3 kundan kam muddat bölganda,