Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev eski uylarni buziş, yerni esa biznesga beriş vazifasini topşirdi, deb xabar qilmoqda Tengrinews.kz.
"Biz arzon uylar haqida gapirmoqdamiz, ularni odamlar mulkiga ötişi uçun qurmoqdamiz. Odamlar esa eski uylarda yaşaşda davom etmoqda, yangisini esa ijaraga berişmoqda, bu pul topiş uçun kerak bölyapti. Balki, bu qaysidir jihatdan töğridir… Biz eski uylarni buzişimiz kerak", - degan Nazarboyev hukumatning kengaytirilgan yiğilişida.
Uning sözlariga köra, bu masalada davlat-xususiy şerikçilik tartibini qöllaş lozim.
"Masalan, tört qavatli eski uy turibdi, hozir ularning yoşi 60-70 yilga teng. Eski uylarni buziş kerak, yerni esa biznesga beriş lozim. Bu foydali. Biznesga foyda bor. Odatda bu şahar markazidagi yaxşi yerdir. Bu şahar qiyofasini ham özgartiradi. Bundan taşqari, xalqqa yaxşi uyga köçiş imkonini beradi, bu soğliq, xalqning özini his qilişi masalasi", - deya e'tibor qaratgan Nazarboyev.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev «davlat va xalq pullari katta miqdorda öğirlanişiga» qaçon çek qöyilişi borasida savolni örtaga taşlagandi.












