Andijon viloyatida istiqomat qiluvçi kişilardan biri viloyat uçun rekord summaga çiroyli avtoraqam xarid qildi, deb yozadi auz.uz.
Ötgan yilning 1 sentabridan mamlakatimizda avtotransport vositalari uçun xaridorgir harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bölgan davlat röyxat raqamlarini oşirilgan tölov stavkalari böyiça, kimoşdi savdosi ötkaziş yöli bilan sotiş tartibi joriy etilgan edi.
Çiroyli avtoraqamlar auksionida davlat avtomobil raqamlarining yakuniy narxlari böyiça bir neçta rekordlar qayd etişga ulgurdi.
Andijon viloyat IIB yöl harakati xavfsizligi boşqarmasining röyxatlaş va imtihon oliş bölimi boşliği A.Qöçqorovning ma'lum qilişiça, şu kungaça internet orqali ötkazilgan savdolarda yuzga yaqin raqamlar jismoniy va yuridik şaxslarga sotildi va bundan 1,5 milliard sömga yaqin kirim qilingan.
Ularning orasida eng qimmati 60 A 001 AA avtoraqami böldi. Uning uçun 83 million söm taklif etildi. Undan keyingi örinlarda 60 007 AAA va 60 777 VAA raqamlari ham yuqori narxlarga sotilgan.












