Bugun, 12 fevral kuni Urganç-Peterburg reysini amalga oşirayotgan «Özbekiston havo yöllari» aviakompaniyasi samolyoti bortdagi yölovçilardan biri özini yomon his qilişi tufayli Samarada majburiy qönişni amalga oşirgan. Bu haqda aviakompaniya rasmiy saytida xabar qilingan.
A320 layneri mahalliy vaqt bilan soat 10:34da «Kurumoç» aeroportiga qöngan.
«Yölovçiga birinçi tez tibbiy yordam körsatilgan, şifokorlar xulosasiga köra u kasalxonaga olib ketilgan», deyilgan xabarda.
Mahalliy vaqt bilan soat 13:48da 143 yölovçi bilan uçayotgan samolyot Peterburgga parvozni davom ettirgan.











