Birinçi pulli avtomobil yöli - Urganç–Xiva trassasida yöl haqi tölaş tizimi hozirça sinov rejimida işlamoqda. Tölov tizimi 25-avgustdan töliq işga tuşirilişi rejalaştirilgan.

Xabar qilinişiça, yengil avtomobil uçun töliq yönaliş böyiça yöl haqi 25 ming söm, 28 km uzunlikdagi qisqa yönaliş uçun esa 20 ming sömni taşkil etadi.

Trassaning ötkazuvçanlik quvvati kuniga 30 mingdan ortiq avtomobilni taşkil etadi. Yöl haqi avtomobillarni töxtatmasdan elektron şaklda undiriladi.

Transport oqimi va tölovlar SI asosidagi tizim orqali boşqariladi, elektron hamyonni töldiriş va avtomatik tölov qiliş mumkin.

“Trassada 40–130 km/soat tezlikka ruxsat berilgan. Töxtaş, qayrilib oliş, piyodalar, mopedlar, ot-aravalar va tirkamali avtomobillar harakati taqiqlangan”, deyiladi xabarda.

Prezident Şavkat Mirziyoyev 18-avgust kuni Xorazm viloyatiga taşrifi davomida yangi «Urganç – Xiva» pulli avtomobil yöli bilan tanişgandi.