Tojikiston Milliy bankining Söğd viloyatidagi vakolatxonasi yaqin kelajakda Özbekiston va Qirğiziston bilan çegara postlari yonida valyuta ayirboşlaş punktlari işga tuşişi haqida ma'lum qildi.
TMB vakolatxonasi rahbari Navröz Valiyevning xabar berişiça, valyuta ayirboşlaş bilan kredit taşkilotlari şuğullanadi. Tojikistonda xususiy valyuta ayirboşlaş şoxobçalari faoliyati taqiqlangan.
Milliy bank amaldorining tan olişiça, çegara hududida ayirboşlaş punktlari yöqligi sababli qöşni mamlakatlar fuqarolari valyutani qora bozorda almaştirişga majbur böladilar. Şanba va yakşanba kunlari, banklar va kredit taşkilotlari işlamayotgan paytda, Xöjandda hatto dollar, yevro yoki rublni almaştiriş ham qiyindir.
Navröz Valiyevning sözlariga köra, banklar va kredit taşkilotlariga valyuta ayirboşlaş şoxobçalari faoliyatini keçqurun soat 10-11largaça uzaytiriş topşirildi. Xöjand va boşqa şaharlar hamda posyolkalarda ayirboşlaş punktlarining keçayu kunduzlik işi taşkil etiladi.












