Sayram, Çimkent va Turkistonda Amir Temurning 682 yilligiga bağişlangan xalqaro anjuman ötkaziladi. KUN.UZ muxbiri 14 fevral kuni Toşkent şahridagi Qozoğiston elçixonasida ikki mamlakat döstligiga bağişlangan tadbirda Qozoğiston özbeklari döstlik hamjamiyati raisi, Janubiy Qozoğiston viloyati Özbek drama teatrining direktori Ikrom Hoşimjonovning bergan intervyusiga asoslanib, şu haqida xabar berdi. 

"Şavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyevlarning uçraşuvlari natijasida Qozoğistonda "2018 yil - Özbekiston yöli" deb e'lon qilindi. 15 mart kuni Ostona şahrida şunga bağişlangan oçiliş marosimi ötkaziladi. 

Şuningdek 26-28 mart kunlari Qozoğistonning Sayram, Çimkent va Turkistonida sohibqiron Amir Temurning 682 yilligiga bağişlangan xalqaro anjuman ötadi. Unda Özbekistonning taniqli namoyondalari iştirok etişadi - bu deboça. 

Öylaymanki, xalqimiz bundan mamnun böladi. Biz et bilan tirnoqdek özbek va qozoq xalqlarini Yaratganning özi ajratmasa, bandasining kuçi yetmaydi. Şunday ekan, ikki elning davlat rahbarlari omon bölsin, bir-birlariga bölgan hurmat va izzatlari yuqoridan bölsin. Xalqimiz omon böladigan bölsa, bizning davlatlar orasidagi iqtisodiy, siyosiy hamkorligimiz yanada ijobiy samara berib, har doim mintaqadagi eng oldi davlatlar bölib qolaveramiz", - dedi hamjamiyat raisi.