Toşkent şahrining Yakkasaroy tumanida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi.
Qayd etilişiça, Yakkasaroy tumanida 5 fevral soat 13.30 larda Olmazor tumani Qiçqiriq köçasida yaşovçi, 1972 yilda tuğilgan X.B. Yu.X.Hojib köçasida joylaşgan Yakkasaroy tuman hokimiyati binosi oldida Toşkent viloyati Zangiota tumani Köksaroy QFY Olmazor köçasida yaşovçi, 1986 yilda tuğilgan B.H.ga 20.000 AQŞ dollar evaziga Belariq mahallasida joylaşgan mahalla guzarini tuman hokimiyati orqali uning nomiga hujjatlaştirib berişni va'da qilib undan 15.000 AQŞ dollarini olayotgan vaqtida Toşkent şahar IIBB xodimlari tomonidan qölga olingan.












