Bloomberg agentligi tahlilçilari 66 ta davlatdagi iqtisodiy körsatkiçlarni tahlil qilib, dunyoning eng tuşkun va eng barqaror iqtisodiyotga ega davlatlari reytingini tuzişdi.

Reytingni tuzişda mutaxassislar mamlakatdagi inflyatsiya darajasi va işsizlikni hisobga olişgan.

Venesuela qatorasiga 4 yildan beri uşbu röyxatda “yetakçilik” qilmoqda. Eng tuşkun iqtisodiyotga ega davlatlar reytingining 2-örnini JAR, 3-örnini Argentina egallagan. Yuqori öntalikka, şuningdek, Misr, Gretsiya, Turkiya, Ukraina, Ispaniya, Braziliya va Saudiya Arabistoni ham kiritilgan. 

Eng tuşkun davlatlar yuqori öntaligida Şarqiy Osiyodan birorta davlat yöq. 

Venesuelaning reytingi 1872 punktni – özidan kelayotgan JARnikidan 50 barobar köproqni taşkil qilgan. 

Tailand eng barqaror iqtisodiyotga ega davlat deb topilgan. Uning ortidan Singapur, Yaponiya, Şveytsariya, Tayvan, Isroil, Islandiya, Norvegiya, Janubiy Koreya, Daniya va Hongkong kelmoqda.