2017 yil dekabr oyida KUN.UZ saytida «Trubada gaz bölsayu, biz sovuqda ötirsak?! – Xonqaliklar dardiga kim quloq soladi?» sarlavhali maqola e'lon qilingan, unda Xorazm viloyati, Xonqa tumani, Sarapayon qişloği, «Paxtagul» mahallasida istiqomat qiluvçi fuqarolarni qiynayotgan muammo bayon etilgandi.
Murojaatda «Paxtagul» mahallasi çetidagi ikki köça gaz ta'minotidan uzib qöyilgani, ayni holatda oldingi köçalarga yetib kelgan gaz bosimi juda yaxşi ekani, fuqarolar bu haqda tegişli taşkilotlarga murojaat qilganida «gaz yetib borişi qiyinligi» tufayli uzib qöyilgani haqidagi javob qaytarişgani aytilgan.
Bu maqola yuzasidan, ÖzA saytida «Noxolis axborot tarqatişdan maqsad nima?» sarlavhasi bilan munosabat berildi. Unda Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasining Jamoatçilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bölimi boşliği Gulnoza Rahimova quyidagi ma'lumotlarni aytib ötgan.
«Internetdagi barça xabarlarni asosli va xolis, deb bölmaydi. Örganişlar natijasida prokuratura organlari faqat uydirmadan iborat, miş-mişga asoslangan, asossiz va noxolis ma'lumotlarni tarqatiş holatlari ham borligini aniqladi.
Masalan, 2017 yil dekabr oyida ayrim veb-saytlarda «Trubada gaz bölsayu, biz sovuqda ötirsak?! – Xonqaliklar dardiga kim quloq soladi?» sarlavhali maqola joylaştirilgandi. Unda Xorazm viloyatining Xonqa tumani Paxtagul mahallasidagi ikki köça gaz ta'minotidan uzib qöyilgani, mutasaddi idoralarga yöllangan murojaatlar öz yeçimini topmayotgani qayd etilgan.
Mazkur holatga aniqlik kiritiş va aholining ijtimoiy huquqlarini ta'minlaş maqsadida Xorazm viloyati prokuraturasi tomonidan örganiş ötkazildi. Maqolada keltirilgan holatlar öz tasdiğini topmadi.
Ma'lum bölişiça, bu mahalla aholisining aksariyati tabiiy gazdan muntazam foydalanadi. Faqat 286 xonadonga tabiiy gaz yetib bormayotgani inobatga olinib, ularga suyultirilgan gaz yetkazib beriş yölga qöyilgan. Mahalla aholisiga kuz-qiş mavsumida foydalaniş uçun kömir yoqilğisi ham ajratilgan», deyiladi maqolada.
Avvalambor, fuqarolarning internet tarmoğida e'lon qilingan murojaatlarining prokuratura tomonidan örganib çiqilişi, e'tiborsiz qoldirilmasligi va xususan Sarapayondagi vaziyat bilan ham şuğullanilgani bizni quvontirdi. Buning uçun ulardan minnatdormiz. Umid qilamizki, bundan keyin ham fuqarolar, taşkilotlarning OAVdagi murojaatlari e'tiborsiz qolmaydi.
Ammo, prokuratura xulosasiga köra, bu maqola «asosli va xolis emas» ekan. U «uydirmadan iborat, miş-mişga asoslangan, asossiz va noxolis. Uni çop etişdan közda tutilgan maqsad - jamoatçilik fikrini çalğitiş yoki nima qilib bölsa-da, e'tiborni tortiş», ekan.
Afsuski, Boş prokuratura saytda yoritilgan mavzuda aynan qaysi jihatlar öz tasdiğini topmaganini keltirmagan. Şuning uçun ham, xatdagi ma'lumotlarning barçasi bilan şuğillanişga töğri keldi. Maqola ham şunga yaraşa juda uzun böldi.
Vaziyatni örganiş uçun Xonqa tumani Sarapayon qişloğiga taşrif buyurdik. U yerda istiqomat qiluvçi, aynan şu ikki köça aholisi bilan suhbatlaşdik.

Oldindan ogohlantiramiz, maqolada köpçilik suhbatga tortilganlarning ismi-şarifi, fotosuratlarini körmaysiz. Ba'zi keksa otaxonlardan taşqari, yoşlar, xotin-qizlar, onaxonlar öz nomlari oşkor bölişini istamadilar. Hatto, xat bilan murojaat qilgan hamyurtimiz ham bizni kutib olib, voqea joyini körsatişga zörğa rozi böldi. Körsatgan zahoti közdan yöqoldi. Bu ahvol sababi keyinroq ma'lum böldi, suhbatda bölgan otaxonlardan biri şunday deydi: «Ularning oilasi bor, davlat işida işlaydiganlari bor, ular öz işidan ajralişdan qörqadi, ta'qibdan va gap eşitişdan qörqadi. Yozuvçi, şikoyatçi degan nom orttirişdan andişa qiladi». Bu gaplar bizni hayron qoldirmadi, bunga tayyor edik.
Endi bevosita murojaatda aytilgan ma'lumotlarga qaytamiz.
«Paxtagul» mahallasi «Urganç - Xonqa» yölining çap qismida joylaşgan. Uning yölga yaqin bölgan köçalaridagi uylar gaz bilan ta'minlangan, bosim ham yaxşi. Biroq, mahallaning çekka ikkita köçasi gaz ta'minotidan uzilgan. Bunga sabab sifatida, ularning gaz loyihasi yöqligi va gaz yetib borişi qiyin bölgan hududda joylaşgani aytilgan.

«Paxtagul» mahallasining quş parvozi masofasidan körinişi (kök çiziq - «Urganç - Xonqa» avtomobil yöli, yaşil çiziq - gaz bor hudud, qizil çiziq bilan gazdan uzib qöyilgan hudud körsatilgan).
Vaholanki, markaziy yölga yaqin bölgan köçalarda gaz bosimi yaxşi va aholi undan bemalol foydalanib ötiribdi.

«Paxtagul» mahallasining markaziy yölga yaqin köçalari gaz bilan ta'minlangan va uning bosimi yuqori.

Gaz ta'minotidan uzib qöyilgan birinçi köça

Aholining öz mablağlari hisobiga örnatilgan Gaz taqsimlaş nuqtasi (GRP) - gaz ta'minotidan uzilgani bois, zanglab yotibdi.
Birinçi savol, agar bu köçalarning gaz loyihasi yöq bölsa, u holda yillar davomida qanday qilib ular gazdan foydalanib, uning pulini tölab kelgan? Gaz ta'minotidan uzilgan 2015 yilda, fuqarolarning gaz uçun tölagan ortiqça pullari, albatta ularning roziligi bilan, boşqa xonadonlarning hisob-raqamlariga ötkazib berilgan yoki gaz idorasi hisob raqamida qolib ketgan.
Ikkinçi savol, gaz bosimi juda yaxşi bölib turgan köça bilan, gaz ta'minotidan uzilgan köçaning orasidagi masofa 50-60 metrni taşkil qiladi. Gazdan uzilgan ba'zi uylar esa gaz bor uylar bilan şundoq yonma-yon turibdi. Xöş, bu uylarga va köçalarga gaz yetib borişi qiyin deganda nimani tuşuniş kerak?
Yaqinda şu köçada istiqomat qiluvçi xonadon vakillaridan iborat xotin-qizlar guruhi tuman hokimiyatiga şu masala böyiça murojaat qilişgan. Ularga «Özbekistonda poyabzal zavodi bormi? Bor! Moşina zavodi bormi? Bor! Şakar zavodi bormi? Bor! Gaz zavodi bormi? Yöq! Unda bizdan nimani istaysizlar?!» körinişida javob berilgan.
Yana fuqaroning murojaatiga qaytamiz. «Tasavvur qiling, bir köçaning narigi tomonida gazdan bemalol foydalanib, issiq uyda istiqomat qilişmoqda. Bu tomonidagi uylar esa, bir amallab, bir xonani isitib, hamma şu xonaga qamalib ötiribdi. Vaholanki, mahallaga yetkazib berilayotgan gazning bosimi juda baland. Nahotki, undan biz ham foydalana olmasak?», deyiladi unda.
«Bir xonani isitib, şu xonaga qamalib ötiribmiz» - degan gapni uyida gaz bor odamlar tasavvur qilmasligi mumkin. Biz şu vaziyatga şaxsan guvoh böldik. Köp xonali uyning bir xonasi kömir, gaz balon yoki tappi yoqib isitiladi. Şu uyda bobo, buvi, er-xotin, yoş bolalar hammasi tiqilib ötiradi. Ovqat şu uyda yeyiladi, televizor şu uyda köriladi, hamma şu uyda kiyimlarini yeçmasdan uxlaydi. Qöl-yuz şu uyda yuviladi. Çunki, uyning boşqa xonalari köçadan ham sovuq böladi.

Törttasi birda - dam oliş xonasi, ovqat tayyorlaş xonasi, ovqatlaniş xonasi va yotoqxona. Boşqa xonalar köçadan ham sovuq.

Er-xotin va bolalar yotoqxonasining körinişi. 5 nafar odam bir xonada yaşaydi, ovqatlanadi va uxlaydi.
Yuviniş haqida gapirmasa ham böladi. Ba'zi odamlar qiş mavsumida yuvinişdan voz keçadi. Ayniqsa yoş bolalar, çunki ular qattiq şamollab qolişi mumkin. Bolalarni har doim poylab ötiriş kerak, boşqa xonaga çiqib ketişiga yöl qöymaslik kerak, çunki qattiq şamollab qolişi mumkin. Kiçkina bolali xonadonlar imkon topib, ularni gaz bor bölgan qarindoşlarinikiga «qişlagani» köçirib yuboradi. Imkon topmaganlar qişki kiyimlarini kiydirib, bir xonada olib ötiradi.

Bir xonaga qamalib ötirgan bolakayning yuz-qöllari sovuqdan qizarib ketgan. U uyida ham keçayu-kunduz qişki kiyimlarni yeçmaydi.
Kömir, gaz ballon yoki tappi yordamida ikkita, uçta xonani isitib ötirganlar bor. Katta xarajat talab qiladigan bu işni faqat daromadi yuqori bölgan oilalargina qilişga qodir. Ular esa sanoqli.

Uylar keskin sovib ketmasligi uçun, qalin klyonka bilan qoplangan darvoza va eşiklar. Kiriş - çiqiş uyning orqa tomonidagi kiçik eşikdan amalga oşiriladi
Taşqaridagi va içkaridagi haroratda tafovut borligi tufayli, uylarning devorlari, eşiklari, peçlari nam tortib, sovuqda muzlab qolyapti. Natijada moğor va zang bilan qoplanmoqda.

Namdan zang bosgan peçlar, muzlab qolgan eşik
Odamlar gaz bölib qolar degan umidda isitiş qozonlari (kotyollarni) asrab qöyişibdi. Ba'zilar esa, umidsizlanib, umuman olib taşlagan.

Gaz kelişi umidida zanglab yotgan kotyollar
«Paxtagul» mahallasining eng çekka köçasida ahvol oğirroq. Bu yer nafaqat gaz, balki içimlik suvi tarmoğidan ham uzib qöyilgan. Odamlar yer ostidan olinadigan sifatsiz va şör suvni iste'mol qilişga majbur. Vaholanki, bir neça metr masofadan vodoprovod ötgan. Şu yerda istiqomat qiluvçi aholi bu masala böyiça tegişli idoralarga bir neça marta murojaat qilişganda, «suvni 2019 yilda ulab beramiz» - degan javobni olişgan.

«Paxtagul» mahallasining çekka köçasi. Bu yerda nafaqat gaz, balki suv ham yöq.
Boş prokuratura ma'lumotiga qaytamiz. «Faqat 286 xonadonga tabiiy gaz yetib bormayotgani inobatga olinib, ularga suyultirilgan gaz yetkazib beriş yölga qöyilgan. Mahalla aholisiga kuz-qiş mavsumida foydalaniş uçun kömir yoqilğisi ham ajratilgan» - deyiladi unda.
Suyultirilgan gaz bilan ta'minlaniş masalasini örgandik. 12 fevral kungi holatga köra, mahalla aholisiga gaz ballonlar sönggi marta 5 yanvar kuni, deyarli bir yarim oy oldin yetkazilgan.

Gaz balonlarni yiğib oliş va suyultirilgan gazga töldirib beriş maxsus daftarçada qayd etib boriladi. Aholi qölidagi daftarçalarda gaz baloni sönggi marta 5 yanvar kuni olib kelingani körinib turibdi.
Töldirilgan gaz balonlarining siğimi heç kimni qoniqtirmaydi. Ular tezda tugab qoladi. Şundan söng, aholi gaz balonlarni qimmat narxlarda, xususiy gaz quyiş şoxobçalaridan töldirib kelişga majbur böladi.
«14 500 sömga töldirilgan gaz balon 13-14 kunga yetadi xolos. Şundan söng, uni gaz quyib beruvçi xususiy şoxobçalardan töldirib kelamiz. Uning narxi qimmatroq, 50-60 ming söm atrofida bölsa-da, 2-3 oy foydalanamiz» - deydi nafaqa yoşiga yetib qolgan otaxon Örunov Hayitboy.

Ovqat tayyorlaş, yeyiş, hordiq çiqariş uçun möljallangan xonada gaz balloni turibdi
Kömir ta'minoti aholining eng oğriqli dardi bölib qolmoqda. Suhbat çoğida kömir tarqatuvçilar aholi tomonidan eng «şirin» sözlar bilan «siylandi».
Qişki mavsum uçun har bir xonadonga 0,5 tonnadan kömir ajratilgan. Xonadon egalarining ta'kidlaşiga köra, ularga undek mayda, juda sifatsiz kömir tarqatilgan. Uning yonişi va yaxşi issiqlik ajratişi juda qiyin. Vaholanki, yaxşi va sifatli kömir boşqa sotuvçilar tomonidan qölda, qimmat narxlarda pullanmoqda.

Aholiga imtiyozli narxlarda sotilgan kömirning ahvoli. Yonişi va issiqlik ajratişi dargumon bölgan «qora un»
Gaz yöqligi, gaz balonlari öz vaqtida yetkazilmasligi va sifatsiz kömir tarqatilişi natijasida, noçor oilalar öz uyidagi köpyillik mevali va soyali daraxtlarni kesib, ötinga işlatib yuborgan.

Köpyillik daraxtlar kesib, ötinga işlatib yuborilyapti. Bozorda bir arava ötin narxi - 100 ming söm
«Bahor kelişi bilan mollarning tezagidan tappi tayyorlaşni boşlaymiz. Qişgaça biroz yiğilib qoladi. Şuni yoqib isinamiz» - deydi fuqarolardan biri.

Molning tezagidan tayyorlanadigan tappi - qiş mavsumidagi eng muhim quruq yoqilği
«Öğlim, rahbarlarga yetkazing, ularni kun botarda qişloğimizga taklif qilaman, bir kelib vaziyatni örgansinlar» - dedi bir otaxon kulimsirab. Oldiniga uning şamasini tuşunmadim, biroq keyinçalik hammasi oydinlaşdi.
Kun botarda köpçilik tezak - tappi yoqişni boşlar ekan. Natijada köçalarni sassiq tutun qoplab, odamlarning nafas olişi qiyinlaşib, köçada yurişning iloji bölmay qolarkan.
Suhbat çoğida, butun umri davomida şu qişloqda mehnat qilgan otaxon Rözmetov Xusinboy yoşlarning, xotin-qizlarning barça şikoyatlarini tasdiqladi. «Odamlarning bu gaplari hammasi töğri. Men şu qişloqda 27 yil mehnat qilganman. 2-guruh nogironiman. Gazga ulaniş masalasida köp joylarga murojaat qildik, hammasi befoyda ketdi.
Tekşiruvçilar kelsa, şu kuni yoki ertasiga gaz ballon keladi yoki kömir paydo böladi. Ketganidan söng esa, bizni unutib yuborişadi. «Iş bitdi, arava loydan ötdi» qabilida iş köriladi» - dedi u kuyinib.
Menimça, keltirilgan misollar va faktlar qisqaça xulosa yasaşga yetarli bölsa kerak.
1) «Paxtagul» mahallasining çekkada joylaşgan ikkita köçasi gaz loyihasi yöqligi va gaz yetib borişi qiyin bölgan hududda joylaşgani bahonasi bilan gaz ta'minotidan uzib taşlangan. Vaholanki, gaz bor va uning bosimi juda yaxşi. Odamlar trubada gaz bölsa-da, sovuqda ötirişibdi (TASDIQLANDI).
2) Gazsiz ötirgan aholiga suyultirilgan gaz öz vaqtida yetkazib berilmayapti. Aholi uning miqdoridan norozi. Sönggi marta «Paxtagul» mahallasiga gaz deyarli 1,5 oy oldin, 5 yanvar kuni tarqatilgan (TASDIQLANDI).
3) «Paxtagul» mahallasi aholisi juda sifatsiz va yaroqsiz kömirdan foydalanmoqda. «Qora un»ni yoqiş va u bilan uyni isitiş juda samarasiz (TASDIQLANDI).
Ammo, ÖzA saytida e'lon qilingan maqolada aytilganidek, aynan nima «öz tasdiğini topmagani, uydirma ekani, miş-mişga asoslangan, asossiz va noxolis» ekani bizga qoronğiligiça qoldi. Xalq dardiga quloq tutiş, muammolarini kötarib çiqiş, şu orqali, ularni hal qiliş yöllarini izlaş - «jamoatçilik fikrini çalğitiş yoki nima qilib bölsa-da, e'tiborni tortiş», deb baholanişi bizni juda ajablantirdi.
Gaz ta'minotidan uzilgan aholi bilan bölgan suhbat çoğida, ularning uylariga heç kim kelib, vaziyatni jiddiy örganmagani, suhbat qurmagani va muammolarini hal qilişga urinmagani ma'lum böldi.
«Mulozimlarning kelişiga atab, ikkita uyni atayin isitib, gaz ballon va kömir bilan ta'minlab qöyişibdi. Bu uylarning egalari özlariga tegişli odamlar ekan. Rahbarlar kelganida, ular hamma narsa yaxşi, gaz ballon va kömir bilan ta'minlanganmiz, uyimiz issiq deb aytişibdi. Hatto TV orqali namoyiş ham qilinibdi. Şu bilan masala bosti-bosti bölib ketibdi», dedi suhbatimizda bölgan onaxonlardan biri alam bilan. Yiğilganlarning köpçiligi şunday bölganini tasdiqlaşdi...
Uşbu mahalladan qaytar ekanman, aholi bilan bölgan suhbatning yakuni köz oldimda gavdalanaverdi.
«Öğlim, bu gaplar befoyda. Yugurib yelganimiz bilan bizga heç kim gaz bermaydi. Öz vaqtida gaz ballon ham yetkazmaydi. Sifatli kömirdan ham umidimizni uzganmiz. Bizning holimiz heç kimga qiziq emas. Bu gaplardan heç qanday foyda yöq», deya qöl siltadi otaxon. Uning köpni körgan közlarida qandaydir umidsizlik, armonni his qilgandek böldim.
Şunda, atrofdagilarning barçasi menga qaradi. Töğrisi, uning gaplariga qanday javob qaytarişga ham hayron qoldim. Böğzimga bir narsa tiqilgandek böldi.
«Yöq, otaxon! Siz, farzandlaringiz, nabiralaringiz bilan issiq uyda ötirasiz. Bu kunlarni körasiz. Bu xalqni, hamyurtlarimizni heç kim yolğizlatib qöymaydi. Sizning dardingiz bilan yaşayotgan, mehnat qilayotgan rahbarlarimiz bor. Unday demang. Bu gaplar va şikoyatlar uçun heç kim sizlarni ta'qib qilmaydi. «Kim yozdi buni?» deb dağdağa qilmaydi. «Yozuvçi!» deb yuzingizni yerga qaratmaydi. Yozib nimaga erişdingizlar, bizni şarmanda qildingizlar deb döq urmaydi», degim keldi. Aytolmadim, indolmadim...
Biz bu maqola orqali uşbu masala bilan şuğullanuvçi hukumat vakillari, mutasaddi taşkilotlar hamda bizni yolğonçilikda ayblagan naşr bilan nizoga, janjalga bormoqçi, orani oçiq qiliş bilan şuğullanmoqçi emasmiz. Maqsadimiz - xalqning, hamyurtlarimizning dardi va muammolari öz yeçimini topişidir.
Sizga bu gaplar balandparvoz tuyuldimi? U holda pöstkallasini aytamiz. «Paxtagul» mahallasida yaşovçi mana şu bolakayning uyi issiq bölişini, insonga munosib tarzda yaşaşini, qölçalari va yuzlari sovuqdan qotmasligini, qişda ham vaqtida çömilib, issiq töşakda uxlaşini, kasal bölmasdan ulğayişini istaymiz. Çunki, kelajagimiz şularning qölida.

Nurmuhammad Said.












