«Real» hujumçisi Karim Benzema nafaqat muxlislarning, balki jamoadoşlarining ham işonçini yöqotgan.
Don Balon xabariga köra, Kriştianu Ronaldu boş murabbiy Zinedin Zidanga Çempionlar Ligasi nimçorakfinalining «PSJ» klubiga qarşi javob bahsida, hujumçi Karim Benzemani zaxirada qoldirişni maslahat bergan.
Ronaldu bu öyinda Beyl bilan birga harakat qilişni istayapti.
Zidanning özi hamon vatandoşining yonini olmoqda, biroq, muxlislar Benzemadan voz keçişni tobora qattiqroq talab qilmoqdalar.
Eslatib ötamiz, Madridda ötgan dastlabki bahsda «Real» 3:1 hisobida ğalaba qozongan edi.
Joriy mavsumda Benzema 26ta rasmiy öyinda maydonga tuşib, atigi 6ta gol urgan.












