Toşkent şahar Uçtepa tumanida yaşovçi Hamidov Alijon Ismatjonoviç uyida boqilayotgan qöyning homiladorlik davrining keçikkanligi sababli Toşkent davlat agrar universiteti Vetarinariya kafedrasida faoliyat olib borayotgan professor-öqituvçilarga murojaat qildi. 

Kafedraning professor-öqituvçilari holatni örganib çiqib, hayvonda jarrohlik amaliyoti ötkaziş zarurligi töğrisida xulosa berildi. Şunga asosan qöyda Keserça kesiş yöli bilan malakali jarrohlik yordami körsatilib, 3 boş qöziçoq olindi. Hozirgi vaqtda ona qöy va qöziçoqlar soğlom rivojlanmoqda. 

Bunday jarrohlik amaliyotlari Veterinariya kafedrasida doimiy ravişda amalga oşirib borilmoqda. Bu esa işlab çiqariş va ilm-fanning integratsiyasini ta'minlaş va talabalarning amaliy könikmalarini oşirişda özining ijobiy ta'sirini körsatmoqda.

Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi hamda Toşkent davlat agrar universiteti rahbariyati tomonidan yaratib berilgan bunday zamonaviy, öquv-amaliy tadbirlarni amalga oşiriş uçun yaratilgan şart-şaroitlar bu yerda faoliyat yuritayotgan professor-öqituvçilarning olib boratyotgan ilmiy-tadqiqot işlarini mustahkamlaşga va talabalarning işlab çiqarişga raqobatbardoş kadrlar bölib yetişişlariga mustahkam zamin yaratmoqda.