Özbekiston prezidentining “Toşkent davlat agrar universiteti faoliyatini takomillaştirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qaroriga muvofiq, agrar sohada ta’lim jarayonlari tubdan yangilanadi.
Yangi tizimga köra, ta’lim jarayonida nazariy va amaliy maşğulotlar örtasidagi mutanosiblik bosqiçma-bosqiç özgaradi. Xususan, 1-kursda maşğulotlarning 60 foizi nazariy va 40 foizi amaliy böladi. 2-kursda bu körsatkiçlar tenglaşib, 50 foizdan taqsimlanadi. 3-kursga kelib esa asosiy e’tibor amaliyotga qaratilib, 70 foiz amaliy va 30 foiz nazariy maşğulotlar taşkil etiladi.
Şuningdek, talabalarning amaliy könikmalarini yanada mustahkamlaş maqsadida yuqori kurslarda öqiş jarayoni 4 oylik uzluksiz dual ta’lim şaklida taşkil etiladi. Bunda talabalar nazariy ta’limdan ajralgan holda işlab çiqariş va sohaviy korxonalarda amaliy tajriba orttiradi.
Mazkur özgarişlar agrar sohada raqobatbardoş, amaliyotga tayyor mutaxassislar tayyorlaş sifatini oşirişga xizmat qilişi kutilmoqda.












