Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslaştirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislari tomonidan Özbekiston tibbiyoti tarixida ilk bor masofadan turib robotlaştirilgan jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli amalga oşirildi. Bu haqda SSV Matbuot xizmati tomonidan tibbiyot sohasidagi ilğor tajriba, innovatsion yondaşuv va zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etayotgan mutaxassislar haqida «Tibbiyot novatorlari» degan yangi medialoyihada aytiladi.

Bu Xitoyning Uhan şahrida «Robotlaştirilgan jarrohlik haftaligi – 2026» xalqaro konferensiyasi doirasida bölib ötdi.

Ma’lum qilinişiça, yoş jarroh Abduraşid Abdukarimov Özbekistonda davolanayotgan 3 nafar bemorga masofadan turib jarrohlik amaliyotini ötkazdi.

Uşbu noyob operatsiya 5 ming kilometr masofadan turib amalga oşirildi.

Robotlaştirilgan jarrohlik şifokorga muolajalarni yuqori aniqlikda bajariş, bemor uçun jarohatlarni kamaytiriş va tezroq tiklanişni ta’minlaş imkonini beradi.

«Masofaviy robotlaştirilgan jarrohlik nafaqat tibbiyotning ilmiy yutuği, balki bemorlar uçun katta imkoniyatdir. Bunday operatsiyalar sanoqli mamlakatlarda ötkaziladi», – deya qayd etadi Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati.