Jörabek Mirzamahmudovning aytişiça, aholi örtasida quyoş panellari xavfsizligiga oid asossiz tarğibotlar uçrab turibdi. Uning ta’kidiga köra, Agrar universitetdagi yonğin böyiça “tomdagi quyoş panellari sabab bölgan” degan miş-mişlar ham tekşiruvlarda tasdiqlanmagan.
“Aslida yonğin yuzaga kelgan paytda quyoş panellari işlamayotgan, ya’ni elektr energiyasini generatsiya qilmayotgan bölgan. Ammo olov natijasida yoruğlik paydo bölganidan keyingina panellarda generatsiya kuzatilgan — bularning hammasi invertorda qayd etilgan. Biz tergov va söroq jarayonida barça ma’lumotlarni körsatganimizdan keyin, tuşunişdi”, — dedi vazir.
Ma’lumot uçun: 2024 yil 30 sentabr kuni Agrar universiteti binosida röy bergan yonğin 15 ta ekipaj jalb etilgan holda 2 soat davomida öçirilgan edi.












