Qozoğistonda 2017 yilda mamlakatga kelgan va röyxatdan ötgan migrantlar soni 2016 yilning tegişli davri bilan taqqoslaganda 20,5 foizga ösdi va 16 081 kişini taşkil etdi.

Şu bilan birga, Qozoğiston Iqtisodiyot vazirligi ma'lumotlariga köra, mamlakatdan çiqib ketgan migrantlar soni 7,8 foizga ösdi va 37 704 kişini taşkil etdi, migratsiya saldosi - 21 623 kişi.

Mamlakatning asosiy migratsiya almaşinuvi MDH davlatlari hissasiga töğri keladi: MDH mamlakatlaridan kelganlar uluşi 72,1%ni taşkil etdi; MDH mamlakatlariga çiqib ketganlar uluşi 89,4 foizga teng böldi.

Ekspertlarning avvalroq ta'kidlaşiça, 2016 yilda Özbekiston va Qirğizistondan immigratsiya miqdori sezilarli darajada oşgani qayd etildi. Özbekistondan kelgan migrantlar barça körsatkiçlar böyiça eng katta guruhga mansub: ularning 1 000 000 dan ortiği 2016 yilda vaqtinçalik röyxatga ega bölgan hamda 300 mingdan ortiq kişi işlaş uçun ruxsatnoma olgan. Bunday körsatkiçlar Xalqaro migratsiya taşkilotining «Muhojirlar zaifligi va Markaziy Osiyoda integratsiyalaşuv ehtiyojlari» tadqiqotida keltirilgan.

Rossiya Fanlar akademiyasining Migratsion tadqiqot markazi huzuridagi MDHda migratsiya böyiça Tadqiqot kengaşining eksperti Yelena Sadovskaya fikriça, Qozoğistonga 2017 yilda ham mehnat migrantlarining aksariyati Özbekiston tomonidan yetkazib berilgan. Özbekiston hatto Germaniyani Qozoğistondan jismoniy şaxslar eng köp pul yuboradigan davlatlar röyxatida ortda qoldirdi.